×

Internationale Journalisten-Programme: Jurnalist, bloger va hujjatli film rejissyorlari uchun Germaniyada 2 oylik amaliyot dasturi; stipendiya – 3800 yevro!


Grant

MUHLAT

25.06.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

1904 marta

Xalqaro jurnalistika dasturi tashkiloti (Internationale Journalisten-Programmem IJP) Marion Gräfin Dönhoff stipendiyasi uchun navbatdagi qabul boshlanganini eʼlon qildi. Ushbu dasturga gazetalar, jurnallar, televideniye, radio kompaniyalari, internet nashrlari tahririyatlarida toʻliq stavka asosida ishlaydigan xodimlar ham, frilanserlar ham ariza topshira oladi.

Dasturning maqsadi xalqaro mavzularga ixtisoslashgan /qiziquvchi yosh va iqtidorli jurnalistlarga xorijda malaka oshirish hamda shu orqali tegishli koʻnikmalarini yaxshilashda yordam berishdir. Dastur ishtirokchilarga Germaniyadagi siyosat, iqtisod, madaniyat va jamoatchilik hayoti haqida tasavvurga ega boʻlish imkonini beradi.

Dasturga qabul qilinganlar 2022-yil oktabr va noyabr oylarida Germaniyadagi ommaviy axborot vositalaridan birida amaliyot oʻtaydi (qaysi OAVda amaliyot oʻtalishi tashkilotchilar tomonidan belgilanadi), Shu bilan birga, oʻz vatanidagi ommaviy axborot vositalarining Germaniyadagi voqealarni yorituvchi korrespondent vazifasini ham bajaradi.

Amaliyot nemis yoki ingliz tilida oʻtaladi.

Grant kimlar uchun?

Jurnalist, bloger va hujjatli film rejissyorlari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ishitorkchilarning har biri uchun 3800 yevro stipendiya ajratiladi. Bu mablagʻ Germaniyaga borish-kelish, u yerda yashash, oziq-ovqat, tibbiy sugʻurta, viza yigʻimlarini qoplash uchun taqdim etiladi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Nomzodlar Rossiya, Ukraina, Belorusiya, Armaniston, Ozarbayjon, gruziya va boshqa MDH davlatlaridan (jumladan, Oʻzbekiston) va Boltiqboʻyi davlatlaridan boʻlishi kerak.
  • 20-35 yosh oraligʻida boʻlish lozim.
  • Nemis yoki ingliz tilini yetarli darajada bilishi lozim. Amaliyot davomida shu tillardan birida Germaniyadagi hamkasblari bilan erkin muloqot qila olishi va intervyular qila olishi kerak.
  • Amaliyot yakunida ishtirokchilar olib borgan ishlari haqida kamida 3 betlik hisobot va chop etilgan materiallari nusxasini topshirishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2022-yil 25-iyungacha qabul qilinadi. Nomzodlar shu sanagacha barcha kerakli hujjatlarni doenhoff@ijp.org elektron pochta manziliga yuborishi lozim.

Nomzodlardan quyidagi hujjatlarni topshirish talab etiladi:

  • CV/Rezyume (pasport uchun olingan formatdagi rasm). CVda nomzodning tugʻilgan sanasi, telefon raqami, pochta manzili (pochta indeksi bilan birga) va elektron pochta manzili ham koʻrsatilishi lozim. CV/Rezyume ingliz yoki nemis tilida boʻlishi kerak.
  • Motivatsiya xati (ingliz yoki nemis tilida).
  • Bosh muharrir yoki boʻlim boshligʻidan tavsiyanoma. Frilanserlar ish beruvchi tomonidan taqdim etilgan xaraktiristikani topshiradi. Tavsiyanomada ish beruvchi jurnalistning amaliyot davrida ish joyida boʻlmasligiga qarshi emasligini koʻrsatishi kerak. Tavsiyanoma nemis yoki ingliz tilida boʻlishi kerak.
  • 3 ta chop etilgan ish nusxasi – qaysi tilda nashr qilingan boʻlsa, shu tilda topshiriladi (nemis tiliga tarjima qilish shart emas). Bu materiallar nusxalarida nashriyot logotipi va nashr qilingan sana ham boʻlishi lozim. Radioeshittirish va telekoʻrsatuvlarning stenogrammalari topshirilishi va ular tahririyat muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak. Xotira qurilmalaridagi audio va video materiallar qabul qilinmaydi.
  • Nomzodning nemis va/yoki ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi hujjat (xalqaro til sertifikatlari, til kurslarida oʻqiganlik haqidagi hujjat/maʼlumotnoma va h.k.).
  • Amaliyot oʻtash uchun nomzod afzal koʻradigan joy ham koʻrsatilishi kerak.

Yuqorida sanalgan hujjatlar bitta PDF faylga birlashtirilib, doenhoff@ijp.org elektron pochta manziliga yuborishi lozim.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing:

Savollar yuzasidan quyidagi kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin:

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!