×

Iqlim o’zgarishi bo’yicha loyihalar uchun jurnalistlarga grant dasturi


Grant

MUHLAT

15.06.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'QILGAN

1402 marta

Yer Jurnalistika Grant Jamg’armasi iqlim o’zgarishining insonlarga zararlari haqida xabar qiluvchi jurnalistik tashkilotni tashkil qilish, rivojlantirish va kengaytirish uchun ko’mak berish maqdadida tashkil etilgan. Ushbu dasturga da’vogar grant loyihalari iqlim o’zgarishi mavzusiga qattiq urg’u berishi kerak. Ayniqsa, iqlim o’zgarishi aholining himoyaga muhtoj va asosiy qismidan ajralib qolgan qatlamlariga qanday ta’sir ko’rsatganligini yetkazib berishga urinishi lozim.

Kim uchun:

Ushbu dastur iqlim o’zgarishi va ekologiya buzilishi haqida qayg’uradigan jurnalistlar tarmog’ini yaratishga ko’maklashish maqdadida yaratilgan. Bunday jurnalistlar tarmog’i mavjud bo’lgan davlatlarda esa dastur jurnalistlarning shu soha bo’yicha salohiyatini oshirishga ko’maklashadi. Arizachi muayyan OAV tashkilotiga tegishliligi (ishlashi, boshqarishi) yoki shunday tashkilotni yaratish niyatida ekanligini loyihada batafsil tasvirlab berishi lozim.

Grant miqdori:

Dasturning umumiy grant miqdori 50 ming dollar va dastur 5 ta eng maqbul deb topilgan loyihaga ushbu mablag’ni bo’lib beradi. (Taxminan, har biriga 10 ming dollardan.)

Ariza to’ldirish tartibi:

Ariza onlayn shaklda to’ldiriladi. Buning uchun SHU YERDA  ro’yxatdan o’tib, belgilangan ariza shaklini to’ldirish lozim.

Kengroq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!