×

Iqtisod bo’yicha EPOG+ magistratura kursi: Yevropa bo’ylab bir nechta davlatda o’qish imkoniyati va Erasmus Mundus grantlari!


Grant

MUHLAT

30.01.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yevropa ittifoqi

O'QILGAN

8299 marta

Nufuzli Erasmus Mundus dasturining Economic Policies for the Global transition (EPOG+) magistratura kursiga arizalar qabul qilinmoqda. 2 yil davom etadigan, iqtisod sohasiga ixtisoslashgan ushbu magistratura dasturiga qabul qilinganlar quyidagi universitetlardan 3 tasida o’qiydi (har birida 1 yoki 2 semestrdan):

Kursning tuzilishi

EPOG+ dasturida ixtisosliklar (major) va shu ixtisosliklar bo’yicha yo’nalishlar (minor) mavjud. Ular quyidagicha:

  • Major A – Knowledge, innovation and the digital transition. A ixtisosligida yo’nalishlar yo’q.
  • Major B – Macroeconomics, finance and the socioeconomic transition. Yo’nalishlari: Minor B1 – International macroeconomics and governance va Minor B2 – Socioeconomic and ecological economics.
  • Major C – Development, sustainable development and the ecological transition. Yo’nalishlari: Minor C1 – Innovation and development. Minor C2 – International macroeconomics and development. Minor C2 – Sustainable development and the ecological transition. 

Talaba o’zi tanlagan major va minor asosida birinchi kursni o’sha ixtisoslik va yo’nalishga bag’ishlangan universitetda o’tkazadi. Ikkinchi kursning birinchi semestrida barcha talabalar Parijda o’qiydi. Ikkinchi kursning ikkinchi semestrida dissertatsiya yoziladi. Oxirgi semestr uchun talaba birinchi uchta semestrda o’qigan universitetlardan birida o’qishi yoki dasturga hamkor universitetlardan birini tanlashi kerak. Dastur nihoyasiga yetganida konferensiya bo’ladi. Qaysi major va qaysi minor qaysi davlatlar, qaysi universitetlarda o’tilishi bu yerda batafsil ko’rsatilgan.

Kursda nimalar o’tilishi haqida batafsil

Kurs talaba va bitiruvchilari haqida batafsil

Grant kimlar uchun?

Magistratura kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu magistrlik dasturida oʻqish uchun Erasmus Mundus grantini yutib olganlar quyidagi iqtisodiy imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Kontrakt pulidan toʻliq ozod etiladi.
  • Oyiga 1000 yevro stipendiya beriladi.
  • Safar xarajatlari uchun yiliga 3000 yevrogacha mablagʻ ajratiladi.
  • Birinchi yilda joylashib olish uchun 1000 yevro mablagʻ beriladi.
  • Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Nomzod bakalavr diplomiga ega bo’lishi kerak. Bunda bakalavr diplomi iqtisod yo’nalishida olingan bo’lsa, maqsadga muvofiq. Boshqa yo’nalishlarda bakalavr kursini tamomlagan nomzodlar kamida 24 ECTS kredit soat iqtisod va kamida 6 kredit soat statistika yoki ekonometrika o’tgan bo’lsa, hujjat topshirishlari mumkin. Bu masala bo’yicha batafsil ma’lumot bu yerda berilgan. 
  • Undan tashqari, bakalavr kursida o’tilgan kurslarga qo’yilgan talablar EPOG+ dasturining turli ixtisosliklari uchun turlicha. Bu yerda batafsil tanishing.
  • Hali bakalavr diplomini olmagan, bitiruvchi kursda o’qiyotgan talabalar ham hujjat topshirishlari mumkin. Bunda diplom avgust oyigacha yuborilishi kerak bo’ladi.
  • Nomzod ingliz tilidan kamida TOEFL IBT 87, CBT 237, PBT 580 yoki IELTS Academic 6,5 sertifikatiga ega bo’lishi kerak. Qabul qilinadigan boshqa testlar ro’yxati bu yerda ko’rsatilgan.
  • Kursga qabul uchun fransuz, nemis va italyan tillarini bilish majburiy emas, ammo saralash vaqtida inobatga olinadi.
  • Nomzodlar iqtisodiyotga ortodoksal boʻlmagan yondashuvlardan foydalanishga boʻlgan qiziqishi, bilimi va motivatsiyasiga ega boʻlishi kerak.

MUHIM: Yuqoridagi talablar umumiy shaklda berilgan. Talablar bilan BU YERDA batafsil tanishib chiqing.

Dasturga qabul jarayoni:

EPOG+ magistrlik dasturiga arizalar 2023-yil 30-yanvargacha onlayn tarzda bu yerda qabul qilinadi.

Kerakli hujjatlar:

  • Onlayn ariza.
  • CV.
  • Tegishli sohada olingan kamida bitta oliy maʼlumot haqidagi (bakalavr, magistr, PhD) diplomning skanerlangan nusxasi. Hozirda bakalavriatning oxirgi kursida oʻqiyotganlar 2023-yil 31-iyulgacha oʻqishini yakunlasa, ular ham ariza bera oladi. Ular 2023-yil 31-avgustgacha diplomini topshirishi kerak boʻladi.
  • Barcha oliy taʼlim bosqichlarida olingan baholar.
  • Ingliz tili testi sertifikati.
  • Maqsad bayonoti (Statement of purpose).
  • Ikkita tavsiyanoma.
  • Pasport nusxasi.
  • Yashash hududini tasdiqlovchi hujjat (Proof of Place of Residence).
  • Nomzodning shaxsiy mablag’lari haqida ma’lumotnoma (bu hujjat majburiy emas).

Yuqorida sanalgan hujjatlar, ularning taʼrifi va ularga qoʻyilgan talablar bilan BU YERDA batafsil tanishing (Application procedure).

Nomzodlarni saralash mezonlari bilan BU YERDA tanishing (Selection criteria and process).

Hujjatlari birinchi saralash jarayonidan o’tgan nomzodlar 2023-yil 6-8-mart kunlari suhbatdan o’tishi kerak bo’ladi. Yakuniy natijalar 2023-yil mart oyi oxirida eʼlon qilinadi.

Dastur va qabul haqida ko’p so’ralgan savollarga javoblar (FAQ) bilan bu yerda tanishing.

Erasmus Mundus toʻliq grantlaridan birini yutib olgan Oʻzbekistonlik talabaning motivatsiya inshosini BU YERDA oʻqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!