×

Irlandiya: Postdoktorlik tadqiqotlari uchun yillik 39 ming yevro grant!


Grant

MUHLAT

21.10.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Irlandiya

O'QILGAN

1195 marta

Irlandiya hukumati 30 ga yaqin hamkor oliygohlar bilan birgalikda postdoktorantura tadqiqotchilarini qo’llab – quvvatlash maqsadida Government of Ireland Postdoctoral Fellowship Programme dasturini taklif etmoqda. Hozirda mazkur amaliyot dasturi bo’yicha 2022-yil sentyabr oyida tadqiqotlarini boshlaydigan iqtidorli, yuqori potensialli va intiluvchan mahlliy va xorijlik izlanuvchilardan arizalar qabul qilinmoqda. Postdoctoral Fellowship Programme barcha yo’nalishlar uchun quyidagi tadqiqot turlarini taklif etadi:

  • 1 yillik tadqiqot dasturi – monografiyalar, tanqidiy maqolalar orqali nomzodning  dissertatsiyasini chop etishga tayyorlash.
  • 2 yillik tadqiqot dasturini – yangi tadqiqot loyihasini ishlab chiqish yoki doktorlik dissertatsiyasi mavzusiga oid bo’lgan muhim nashrlar chop etish va tadqiqotlar olib borish.

Dasturga allaqachon postdoktorantura tadqiqotlarini olib borayotgan izlanuvchilar ham ariza berishlari mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Grant kimlar uchun?

Postdoktorantura tadqiqotchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Government of Ireland Postdoctoral Fellowship Programme dasturi doirasida tadqiqotchilarga quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:

  • Tadqiotning birinchi yili uchun 38 632 yevro va ikkinchi yili uchun 39 186 yevro miqdoridagi maosh to’lanadi;
  • Ijtimoiy nafaqa to’lovlari qoplanadi (PRSI contribution);
  • Tadqiqot olib borish uchun yiliga 5000 yevro miqdoridagi mablagʻ ajratiladi.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Nomzodlar uchun fuqarolikka oid cheklovlar yo’q.
  2. Nomzod Government of Ireland Postdoctoral Fellowship Programme dasturi bilan hamkorlik qiluvchi oliygohlardan birida 2022-yili postdoktorantura tadqiqotchisi sifatida faoliyatini boshlashi kerak.
  3. Nomzod PhD darajasini olganiga 5 yildan ko’p bo’lmagan bo’lishi kerak (2022-yil 31-may holatiga ko’ra).
  4. Nomzod yuqori akademik ko’rsatkichlarga ega bo’lishi kerak.
  5. Nomzod oʻzi tanlagan oliygoh qabul talablariga javob berishi kerak.
  6. Nomzod asosiy muallif yoki hammuallif sifatida xorijning nufuzli jurnallarida ilmiy maqolalar chop etgan bo’lishi kerak.
  7. Nomzod o’zi tanlagan yo’nalish bo’yicha ilmiy rahbar (supervisor) dan rozilik xati olishi kerak.
  8. Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi kerak.
  9. Nomzod oʻzida kuchli iqtidor, yuqori potensial va sohaga boʻlgan kuchli qiziqish namoyon etishi zarur.
  10. Nomzod tadqiqot olib borish uchun yetarli bilim, tajriba va imliy salohiyatga ega boʻlishi kerak.
  11. Avval shu dastur bo’yicha g’lib bo’lgan nomzodlar grantga qayta ariza topshira olmaydilar.
  12. Dasturga ariza berishdan oldin nomzodga dastur talablari bilan yaqindan tanishib, talablarga mos kelishini aniqlab olishi tavsiya etiladi.

Grant shartlari bilan bu yerda batafsil tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Government of Ireland Postgraduate Scholarship Programme dasturiga arizalar 2021-yil 21-oktyabrgacha onlayn shaklda BU YERDA qabul qilinadi. Gantga topshiriladigan ariza namunasi bu yerda: 1 yillik dastur va 2 yillik dastur.

Amaliyot dasturi ko’plab OTMlar bilan hamkorlik qilganligi sababli universitetga qabul talablari va kerakli hujjatlar ro’yxati tanlangan oliygoh, yo’nalish va bosqich talablaridan kelib chiqadi. Hamkor OTMlar ro’yxati bu yerda. Hujjat topshirish jarayonida yuzaga keladigan savollar bilan postdoc@research.ie manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

Kerakli hujjatlar (umumiy):

  1. Onlayn ariza
  2. Barcha bosqichlar diplomlari.
  3. Baholardan koʻchirma.
  4. CV/rezyume.
  5. Shaxsiy bayonot.
  6. Tadqiqot rejasi.
  7. Doktorlik dissertatsiyasi (tezis)ning umumiy mazmuni va bir bobining nusxasi.
  8. Ilmiy rahbardan rozilik xati (namuna bu yerda).
  9. Tavsiyanoma (namuna bu yerda).
  10. Chet tilini bilish sertifikati.
  11. Barcha nashrlar ro’yxati (xorij jurnallarida nomzod muallifligida yoki hammuallif sifatida chop etilgan maqolalarning mavjudligi maqsadga muvofiq).

Ingliz tilida boʻlmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan yuborilishi zarur. Ariza topshirish yo’riqnomasi bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Muhim sanalar:

  • 2021-yil 2-sentyabrdan 21-oktyabrgacha: Arizalar qabuli davom etadi.
  • 2021-yil 4-noyabr: nomzodlarning ilmiy rahbaridan (supervisor) rozilik xati va tavsiya beruvchilardan tavsiyanoma olish muhlati tugaydi.
  • 2022-yil mart oyi oxiri: natijalar e’lon qilinadi.
  • 2022-yil 1-sentyabr: o’quv yili boshlanadi.

Grant haqidagi batafsil ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan va savol-javoblardan olishingiz mumkin.

Bogʻlanish uchun:

Tel: +353 1 231 5000

Fax: +353 1 231 5009

Email: info@research.ie

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!