×

Irlandiya va Malayziyada tibbiyot bo’yicha 5 yillik bakalavr kursi uchun 100% gacha grantlar!


Grant

MUHLAT

31.05.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Irlandiya

O'QILGAN

3726 marta

Malayziyada joylashgan, dunyodagi eng nufuzli universitetlaridan biri University College Dublin oliygohining Malayziyadagi filiali  bo’lgan RCSI UCD Malaysia Campus universiteti tarkibidagi tibbiyot maktabi (RUMC) bakalavr kurslariga arizalar qabul qilinmoqda. Bakalavr kursi 5 yil davom etadi. O’qishning 2,5 yili Malayziyada, 2,5 yili esa Irlandiyada bo’ladi. Talaba 1-kursdan 3-kursgacha Dublin shahrida, 3-kursdan 5-kursgacha Penang shahrida o’qiydi. Kurs haqida batafsil

Ushbu bakalavr kurslarida o’qish uchun Full Scholarships va Partial Scholarships grantlari taqdim etiladi.

Grant kimlar uchun?

Tibbiyot bo’yicha bakalavr kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Full scholarship – to’liq grant. Bu grant berilgan talaba kontrakt to’lovidan butunlay ozod qilinadi.

Partial Scholarship – qisman grant. Bu grant berilgan talabaning kontrakt to’loviga 20% chegirma qilinadi.

Kontrakt to’lovi haqida

Talablar:

  • Nomzod maktab, litsey yoki kollejni tamomlagan bo’lishi yoki tamomlayotgan bo’lishi kerak.
  • Baholari a’lo yoki yuqori bo’lishi kerak.
  • Kursga qabul uchun ingliz tilidan IELTS, TOEFL sertifikatlari talab qilinadi (taxminan B2 yoki undan yuqori).
  • Nomzodlar akademik va darsdan tashqari yutuqlari asosida saralanadi.
  • Kursga qabul uchun nomzod biologiya, kimyo va matematika/fizika fanlaridan a’lo bahoga o’qigan bo’lishi kerak. Qabul uchun barcha talablar

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga faqat bakalavr kursiga qabul qilingani ma’lum qilinib, o’qish taklifini qabul qilgan talabalar hujjat topshirishi mumkin. Shuning uchun, avvaliga bakalavr kursiga ertaroq hujjat topshirish zarur. Bakalavr kurslariga hozir arizalar qabul qilinmoqda. 

Bakalavr kursiga ariza uchun kerakli hujjatlar:

  1. Fotosurat
  2. Tug’ilganlik haqida guvohnoma
  3. Ingliz tili testi sertifikati
  4. Tibbiy ma’lumotnoma
  5. Baholar
  6. Shahodatnoma/diplom
  7. CV
  8. Universitetni tamomlab, yana bakalavr kursiga topshirayotganlar avval o’qigan universitet baholarini ham topshiradi.

Grantga alohida ariza topshiriladi va arizalar 31-maygacha qabul qilinadi. Grantga ariza berayotganda o’qishga qabul qilingan bo’lishingiz kerak, shuning uchun bakalavr kursiga hujjatlarni imkon qadar ertaroq topshiring. O’qishga kirganingiz aniq bo’lgach, kontrakt uchun depozit to’lang yoki depozit to’lashdan ozod bo’lish imkonini beruvchi chegirma (waiver) oling. Keyin esa grantga ariza topshirish mumkin bo’ladi.

Grantga hujjat topshirish uchun:

  1. Ariza to’ldiring
  2. Kerakli hujjatlarni ilova qiling.
  3. Arizani scholarship@rcsiucd.edu.my manziliga 31-maygacha email orqali yuboring.

Kerakli hujjatlar:

  1. Ariza
  2. O’qishga qabul qilinganlik haqida hujjat (admission offer)
  3. Depozit to’langanligi haqida hujjat
  4. Tavsiyanoma
  5. 2 ta insho.

Murojaat uchun bu yerga bosing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!