×

(ISC)² Graduate Scholarship Program: axborot xavfsizligi talabalari uchun 5 000 AQSh dollarigacha grant; istalgan davlat, universitet va kurs talabalari hujjat topshirishi mumkin!


Grant

MUHLAT

08.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Dunyo bo'ylab

O'QILGAN

2456 marta

Center for Cyber Safety and Education tomonidan beriladigan (ISC)² Graduate Scholarship Program grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar istalgan davlat va istalgan universitetning magistratura yoki doktorantura kursida o’qish uchun beriladi. Grantga magistratura va doktorantura kursiga endi o’qishga qabul qilingan (lekin o’qishni boshlamagan) yoki o’qishni boshlagan istalgan kurs (birinchi, ikkinchi, bitiruvchi kurs) talabalari hujjat topshirishlari mumkin.

Grantlar axborot xavfsizligi (cyber security) yo’nalishi yoki shu yo’nalishga kuchli urg’u berilgan holda o’tiladigan shunga yaqin yo’nalishlarda o’qiydigan talabalar uchun mo’ljallangan.

Grant kimlar uchun?

Magistratura yoki doktorantura talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant berilgan talabaga 1000 AQSh dollaridan 5000 AQSh dollarigacha grant beriladi. Mablag’ni o’qish xarajatlariga yo’naltirish nazarda tutilgan. Grant g’olib talaba o’qishga kirgan yoki o’qiyotgan universitet hisobiga kontrakt va o’quv qurollari to’loviga sarflanishi haqida yo’riqnoma bilan yuboriladi. Grant iyul oyidan keyin beriladi.

Grant bir marta beriladi va keyingi yil uchun ham grant olish istagidagi nomzodlar qaytadan ariza topshirib, saralash jarayonidan qaytadan o’tishlari kerak.

Talablar:

  • Nomzod oliy ta’lim muassasasi magistratura yoki doktorantura kursiga o’qishga kirgan yoki o’qishini boshlab bo’lgan bo’lishi kerak.
  • Nomzod o’qiyotgan yoki o’qishga kirgan kurs sohasi ma’lumot xavfsizligi (cyber security) yo’nalishiga urg’u berilgan holda o’tilishi kerak.
  • Nomzodning baholari 4 balli GPA tizimida 3,5 dan kam bo’lmasligi kerak.
  • Nomzod istalgan davlatdagi istalgan to’liq akreditatsiyadan o’tgan universitetda to’liq yoki onlayn tarzda o’qiyotgan bo’lishi kerak.
  • Sirtqi ta’limdagi talabalarga ham grant beriladi.
  • Ariza berilgan vaqt abituriyent bo’lgan talabaga grant belgilansa, grant mablag’i o’qishga kirgandan keyingina yuboriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar bu yerda topshiriladi. Hujjat topshirishning oxirgi kuni – 2021-yil 8-mart. Savollaringiz bilan scholarships@isc2.org manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

Kerakli hujjatlar:

  • Nomzod o’qigan eng oxirgi bosqich baholari.
  • Bitta tavsiyanoma (imkon qadar akademik, bo’lmasa, professional tavsiyanoma).
  • CV (3 betdan oshmagan holda).
  • Quyidagi savollarga javob beruvchi insho:

“Tell us why you should be chosen to receive this (ISC)² Cybersecurity Scholarship and what makes you stand out from your peers?

Describe why you need the scholarship.

Describe your personal and education backgrounds.

Describe why you chose your major and your goals for your academic career. What makes you a candidate for success in information security and what are your goals for your professional career.

Describe any contributions to the cybersecurity field i.e., volunteer work, articles, etc., and any other hobbies or extracurricular activities and what they mean to you.  (Do not include links to articles)

Please tell us anything else you would like us to know about you.”

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!