×

Islom Karimov Fondi Yevropa va AQShda o‘qish uchun grantlar taqdim etadi!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

4084 marta

Umumiy ma’lumot:

Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi

– Tabiiy fanlar (qayta tiklanuvchi energiya manbalari, kimyo);

– Suv va yer resurslarini boshqarish;

– Mashinasozlik texnologiyalari;

– Oziq-ovqat texnologiyalari;

– Oziq-ovqat xavfsizligi;

– Oziq-ovqat ishlab chiqarish va marketingi;

– Arxitektura (shaharsozlik, tarixiy obidalarni muhofaza etish va qayta tiklash);

– Dizayn (mahsulot dizayni, sanoat va me’morchilik dizayni);

– Rassomlik

mutaxassisliklari bo‘yicha Yevropa va AQSh oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida tahsil olish uchun Fond grantlarini taqdim etish maqsadida respublikamiz hamda chet el oliy ta’lim muassasalarini muvaffaqiyatli bitirgan, xorijiy tillarni biladigan iqtidorli va iste’dodli yigit-qizlar tanlovi boshlanganini

E ’ L O N   Q I L A D I.

Chet elda (ikki yilgacha) tahsil olish va yashash xarajatlari to‘laligicha

Fond tomonidan moliyalashtiriladi.

Fond grantini qo‘lga kiritishni istagan nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:

  • faoliyatini milliy istiqlol g‘oyalariga bag‘ishlash, Vatani va xalqining iqtisodiy va ma’naviy ravnaqiga xizmat qilishni o‘z burchi va hayotiy maslagi deb bilish;
  • umumbashariy va milliy qadriyatlar ruhida fikr yuritish, keng dunyoqarash va yuksak axloq sohibi bo‘lish;
  • tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lish hamda kamida bitta xorijiy tilni a’lo darajada bilish;

ISLOM KARIMOV NOMIDAGI RESPUBLIKA XAYRIYA JAMOAT FONDI

O‘zbekistonni, uning maorif maktabi va ilmiy an’analarini chet elda munosib taqdim etishda, tanlangan mutaxassislik bo‘yicha zamonaviy bilimlarni egallash qobiliyatini namoyon etish yo‘lida muvaffaqiyatlar tilaydi.

Hujjatlar shanba va yakshanba kunlaridan tashqari har kuni soat 9-00 dan 13-00 gacha qabul qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Magstratura bosqichida o'qimoqchi bo'lganlar uchun

Talab etiladigan hujjatlar, tanlov shartlari va muddatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni quyidagi manzilda olish mumkin:

Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Movarounnahr ko‘chasi, 24-uy.

Ma’lumotlar uchun tel: +99895 1980122, +99871 237-34-20, +99871 237-38-13.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!