Islom Taraqqiyot Banki tomonidan tashkil etilgan IsDB Scholarships 2020-21 grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat, magistratura, PhD, postdoktorantura va trening dasturlariga oʻqishga qabul qilingan umidli va yetakchilik qobiliyatiga ega talabalar uchun ajratilgan. Dasturdan maqsad oʻqishga qabul qilingan, lekin moddiy cheklovlar sababli oʻqiy olmasligi mumkin boʻlgan iqtidorli talabalarga moddiy jihatdan koʻmak berish. Grantlar dunyo boʻylab Islom Taraqqiyot Bankiga rasman a’zo boʻlgan davlatlar fuqarolari hamda Islom diniga e’tiqod qiluvchi jamiyatlar a’zolariga beriladi.
Grantlar quyidagi bosqichlar uchun beriladi:
- Undergraduate Programme
- Master’s Programme
- PhD Programme and Post-doctoral Research Programme
- IsDB-ISFD for Vocational Education & Training (VET)
- Bachelor studies for the IsDB 21 Least Developed Member Countries (LDMCs)
Grant kimlar uchun?
Magistratraturada oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
IsDB grant dasturi doirasida grant yutib olgan nomzodning oʻqish kontrakt toʻlovi, yashash xarajatlari, sugʻurta, darsliklar va shu kabi oʻqish uchun sarf boʻladigan xarajatlari toʻliq qoplab beriladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha ITBga a’zo davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi (Oʻzbekiston roʻyxatda bor).
- Nomzod oliy ta’lim muassasasi toʻliq stavkali bakalavriat/magistratura/PhD/postdoktarantura kursiga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
- Nomzod tanlangan bosqichga qarab Attestat/kollej/litsey/bakalavr/magistr/PhD diplomiga ega boʻlishi va baholari a’lo boʻlishi zarur.
- Nomzod oʻqishga kirgan kurs grant dasturida koʻzda tutilgan yoʻnalishlardan biri boʻyicha boʻlishi kerak. Grant beriladigan barcha kurslar roʻyxati yuqoridagi roʻyxat havolalarida berilgan.
- Nomzodning salomatligi yaxshi holatda boʻlishi kerak.
- Nomzod boshqa manbadan grant olmasligi kerak.
- Nomzod grant yutib olga taqdirda oʻzini namunali tutishga va yaxshi oʻqishga va’da berishi kerak.
- Nomzod oʻz jamiyatiga xizmat qilish istagidagi, yetakchilik sifatlariga ega shaxs boʻlishi muhim.
Talablar va ta’qiqlar haqidagi barcha ma’lumot: shu yerda.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantga arizalar 2020-yil 28-fevralga qadar shu yerda qabul qilinadi.
Grantga tegishli soha, dasturlar, talablar va kerakli hujjatlar tanlangan bosqichga qarab farq qilishi mumkin. Aniq ma’lumotni quyidagi havolalar orqali tekshirib oling:
- Undergraduate Programme
- Master’s Programme
- PhD Programme and Post-doctoral Research Programme
- IsDB-ISFD for Vocational Education & Training (VET)
- Bachelor studies for the IsDB 21 Least Developed Member Countries (LDMCs)
Kerakli hujjatlar:
- Pasport nusxasi.
- Tugʻilganlik haqida guvohnoma.
- CV.
- Hujjatlarning rasmiy tarjimalari.
- 3 ta tavsiyanoma.
- Attestat/kollej/litsey/bakalavr/magistr/PhD diplomi va baholari.
- Ish tajribasini koʻrsatuvchi hujjat.
- Oʻqishga qabul qilinganlik haqida hujjat.
- Til imtihonlari sertifikatlari.
Hujjatlar ingliz tiliga rasman tarjima qilinishi kerak.
Ma’lumot uchun scholar@isdb.org elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.