×

Islom Taraqqiyot Banki: Postdoktorlar uchun COVID-19 boʻyicha 100 000 AQSh dollarlik grant!


Grant

MUHLAT

04.06.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Rivojlanayotgan davlatlar

O'QILGAN

2548 marta

The World Academy of Sciences va Islom Taraqqiyot Banki (ITB) 2021-yilgi IsDB-TWAS Grants for Research Collaboration in Sustainability Sciences dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur ikki yilgacha muddatga beriladi. Grant yutib olgan nomzodlar 57 ta ITBga a’zo davlarlarda COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashish boʻyicha 2 ta guruhga boʻlinib, virusni qanday qilib samarali yengish muammolar ustida tadqiqotlar olib borish imkoniyatini qoʻlga kiritadilar. Grant yutib olgan nomzodlar kamida PhD darajasiga ega boʻlishi kerak.

Tadqiqot sohalari:

  • Epidemiology of COVID-19
  • Dealing with consequences of COVID-19
  • Regional studies of COVID-19 infection
  • Identification of possible sources of viruses: prevention of new zoonotic diseases
  • HIV, SARS, MERS, COVID-19: lessons to learn on infections arising through species jump
  • Evolution of viral disease: from animal to human and mutations of human strains
  • Developing an emergency R&D response to any emerging infectious disease
  • Discovery and development of diagnostics and therapeutics in viral outbreaks
  • Dealing with viral infections: real-time data collection of the spread and preparation for future outbreaks
  • Remote diagnosis and treatment

Grant kimlar uchun?

Postdoktorlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur grantini yutib olgan nomzod 2 yil (24 oy)gacha har yiliga 50 000 USD stipendiya bilan taʼminlanadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha ITBga a’zo davlarlar fuqarolari ariza topshira oladi (Oʻzbekiston roʻyxatda bor).
  • Har bir Asosiy Tadqiqotchi kamida PhD darajasiga ega boʻlishi kerak. Asosiy Tadqiqotchi asosiy ish hujjatlari va xarajatlar boʻyicha hujjatlarni yuritadi hamda grant ajratilgan guruhga rahbarlik qiladi.
  • Ikkinchi guruh rahbari boʻladigan nomzod kamroq rivojlangan davlat vakili boʻlishi kerak.
  • Har ikkala guruh ITBga a’zo davlatlardan birida tadqiqot olib boradilar.
  • Nomzodlarga yosh chegarasi qoʻyilmagan.
  • Ayol nomzodlarga koʻproq imkon beriladi.
  • Ayni vaqtda TWAS fundamental grantlaridan birini olayotan nomzodlar ariza bera olmaydi.

Talablar va ta’qiqlar haqidagi barcha ma’lumot: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjat topshirish 2020-yil 4-iyungacha amalga oshiriladi. Hujjatlar onlayn tarzda taqdim etiladi.

Hujjatlar tarkibi va topshirish tartibi:

  1. Avvalo yoʻriqnomani oʻqib chiqing.
  2. Onlayn tarzda ariza toʻldiring.
  3. Nomzod ushbu 3 ta grantdan biriga: IsDB-TWAS grant yoki individual grantga research unitCOMSTECH sifatida yoki OWSD Early Career Women Scientists (ECWS) Fellowship) grantiga ariza bera oladi.
  4. Qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin, hujjatlar tarkibini aniqlash uchun  isdb@twas.org manziliga murojaat qiling.

Barcha hujjatlar ingliz tilida yozilishi kerak. Boshqa tillarda yozilgan hujjatlarni ingliz tiliga tarjima qilib, rasmiy hujjatlarni notarial tasdiqlatib, keyin joʻnatish kerak. Savollar tugʻilganda maqola oxirida berilgan manzillarga murojaat qiling. To’liq ma’lumot: shu yerda.

Nomzodlar COVID-19 bilan bog’liq tadqiqot loyihasining dolzarbligi, til bilish darajasi, akademik koʻrsatkichlari, ilmiy salohiyati, mutaxassislikka doir bilim va tajribasiga asosan saralanadi.

Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga tez fursatda xabar beriladi.

Bogʻlanish uchun: isdb@twas.org.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!