×

Ispaniyada Axborot texnologiyalari sohasi bo’yicha doktorantura dasturi


Grant

MUHLAT

30.06.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Ispaniya

O'QILGAN

2034 marta

INDEA Netvorks Instituti axborot texnologiyalari sohasida ilmiy tadqiqot olib boradigan dargoh hisoblanadi. Institut Ispaniyaning Madrid shahrida joylashgan bo’lib, yosh ilmiy izlanuvchilarga o’z g’oyalarini rivojlantirish va ular ustida ishlash uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratib beradi. Tadqiqotchilar ilmiy izlanish guruhiga doktorantura talabasi sifatida qaabul qilinadi va ularga oylik maosh to’lanadi. Institutga qabul qilingan tadqiqotchi Madriddagi Karlos III universiteti (University of Carlos III in Madrid – UC3M) yoki boshqa universitetga o’qishga (doktoranturaga) joylashtiriladi.

Grant kimlar uchun?

Doktoranturada o'qimoqchi bo'lganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Besh yillik doktorantura uchun jami 150 ming yevrodan ko’p grant beriladi;
  • Tibbiy sug’urta;
  • O’z innovatsiyalarini bozorga olib kirish uchun qo’llab-quvvatlash;
  • Viza va ko’chib kelish uchun sarf-xarajatlar;
  • Xalqaro konferensiyalarda qatnashish uchun xarajatlar qoplanadi.

Tadqiqotchilar o’z sohalarida xalqaro yetakchi mutaxassislar bilan ishlaydi. Butun tadqiqot davomida o’z sohasining yaxshi mutaxassislari tadqiqotchiga ilmiy rahbar qilib tayinlanadi.

Talablar:

Kim uchun:

  • Kompyuter fanlari, elektr muhandisligi, kompyuter muhandisligi, telekommunikatsiya, telematika yoki boshqa axborot texnologiyalari sohasiga aloqador yo’nalishlarda bakalavr yoki magistraturani tugatgan (tadqiqot boshlangunga qadar tugatgan bo’lishi kerak);
  • Universitetda a’lo baholarga o’qigan;
  • Doktoranturada tadqiqot qilish uchun ilmiy ish tezisi tasvirlangan inshoga ega;
  • Ingliz tilini yaxshi biladigan (ispan tilini bilishi shart emas; ingliz tilini bilishini isbotlovchi test natijalari talab etilmaydi);
  • Ishtiyoqmand shaxslar ariza topshirish mumkin.

Arizachilarning o’qigan sohasi va qiziqishlari kamida quyidagi yo’nalishlardan biriga mos kelishi kerak. Doktorantura tadqiqoti shu yo’nalishlardan birida olib boriladi (Ingliz tilida berilmoqda):

  • Localization for Flexible 5G Network;
  • Wireless Networks at 60 GHz (mmwave);
  • Software-Defined Networking and Network Functions Virtualization (Networked Systems Group);
  • Context aware D2D Communications for 5G Network;
  • Millimeter-wave Networking (Wireless Networks and Communications Group).

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza onlayn tarzda SHU YERDA  to’ldiriladi. Mazkur saytda ariza to’ldirish uchun yangi profil ochish kerak. Shundan so’ng, arizachidan shaxsiy ma’lumotlarni to’ldirish so’raladi. Undan keyin esa doktorantura dasturaga ariza to’ldirish tugmasi bosiladi va unda:

  • O’qigan universitetlari;
  • Sohaga tegishli ish tajribasi;
  • Ikkita tavsiyanoma beruvchi shaxs to’g’risida ma’lumot;
  • Ilmiy izlanish mavzusini hamda dasturda ishtirok etishdan maqsadlarini ifodalagan qisqa insho;
  • GRE testini topshirgan yoki topshirmaganligi (topshirgan bo’lishi talab etilmaydi);
  • Rezyume va diplom baholar varaqasi nusxalarini kiritish so’raladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!