×

Ispaniyada talabalar uchun 8 haftalik yozgi tadqiqot dasturi


Grant

MUHLAT

31.03.2025

QOLGAN VAQT

6 kun

HUDUD

O'QILGAN

632 marta

NIO (Ispaniya Milliy Saraton Tadqiqot Markazi) tomonidan tashkil etilgan ushbu yozgi tadqiqot dasturi biotibbiyot va hayot haqidagi fanlar (Life Sciences) bo‘yicha tahsil olayotgan yuqori kurs bakalavr talabalari uchun mo‘ljallangan. Dastur doirasida ishtirokchilar ilmiy laboratoriyalarda tadqiqot olib borish, ilmiy ma’ruzalarda qatnashish va tajribali olimlar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Dastur 2025-yil 23-iyundan 14-avgustgacha (8 hafta) davom etadi va ingliz tilida olib boriladi. Talabalar Ispaniyaning Madrid shahrida joylashgan CNIO ilmiy markazining turli tadqiqot laboratoriyalarida amaliy tajriba orttirishadi. Qatnashchilar jami 300 ish soati (haftasiga 37,5 soat) mobaynida dasturga to’liq qatnashishlari shart.

Dastur ishtirokchilari quyidagi ilmiy guruhlar va laboratoriyalarda tadqiqot olib borish imkoniyatiga ega:

MOLEKULYAR ONKOLOGIYA DASTURI

  • Organ crosstalk in metabolic diseases Group – Prof. Guadalupe Sabio
  • Topology and DNA breaks Group – Prof. Felipe Cortés

STRUKTURAVIY BIOLOGIYA DASTURI

  • Digital Genomic Group – Prof. Marcos Díaz Gay

BIOTEXNOLOGIYA DASTURI

  • Proteomics Unit – Prof. Marta Isasa
  • Flow Cytometry Unit – Prof. Lola Martínez

Talabalar o‘z qiziqishlariga mos keladigan ilmiy guruhlarni tanlab, ular bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Dastur doirasida:

  • Har bir talaba o‘ziga biriktirilgan ilmiy guruh rahbari yoki tadqiqotchi nazorati ostida tadqiqot olib boradi.
  • CNIOning yetakchi olim va tadqiqotchilari tomonidan maxsus haftalik ilmiy seminarlar tashkil etiladi.
  • Dastur yakunida har bir ishtirokchi o‘z ilmiy tadqiqot natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazishi kerak.

Grant kimlar uchun?

Biotibbiyot va hayot haqidagi fanlar yo‘nalishida o‘qiyotgan yuqori kurs bakalavr talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladi: 

  • Dasturda bepul ishtirok etish.
  • Talabaning yashash joyidan Madridgacha va ortga qaytish uchun bir martalik aviachipta xarajatlari qoplanadi.
  • Ishtirokchilar tadqiqot markazi oshxonasida bepul nonushta va tushlik bilan ta’minlanadi.
  • Favqulodda holatlar boʻyicha sug’urta xarajatlari tashkilot tomonidan qoplanadi.

Eslatma: Turar joy va boshqa yashash xarajatlari dastur tomonidan qoplanmaydi. Ishtirokchilar o‘zlari uchun turar joy topishlari kerak.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Biotibbiyot yoki hayot fanlari bilan bog‘liq bakalavr yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar dasturga topshira oladi. Bakalavrning kamida 2/3 qismini tamomlagan bo‘lishlari kerak.
  • O‘rtacha bahosi yuqori bo‘lishi (GPA 3.75/5 dan yuqori) lozim.
  • Ingliz tilini yetarlicha yaxshi bilishi kerak.
  • Dastur davomida (2025-yil 23-iyun – 14-avgust) oralig‘ida talaba maqomini saqlab qolishi lozim.
  • Dasturda to‘liq qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lishi shart.

Dasturga qabul jarayoni:

Nomzodlar 2025-yil 31-martgacha BU YERDA onlayn ariza topshirishlari kerak.

Kerakli hujjatlar: 

  • 2 ta tavsiyanoma.
  • Rasmiy akademik transkript.
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi (pasport yoki ID karta).
  • Dastur davomida amal qiluvchi tibbiy sug‘urtasi mavjudligini tasdiqlovchi hujjat.

Saralangan nomzodlar 2025-yil may oyida e’lon qilinadi.

Dastur bo‘yicha batafsil ma’lumot olish uchun rasmiy havola va rasmiy e’lon bilan tanishib chiqing.

Qo‘shimcha savollar yuzasidan summertraining@cnio.es email manziliga murojaat qilishingiz mumkin

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!