×

Italiya: barcha xarajatlari qoplanadigan 5 kunlik seminar; joy-20 ta!


Grant

MUHLAT

28.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Italiya

O'QILGAN

4172 marta

Organisation For The Prohibition Of Chemical Weapons (OPCW) tashkiloti The World Academy of Sciences (TWAS) hamda InterAcademy Partnership (IAP) bilan hamkorlikda rivojlanayotgan mamlakatlardan bo’lgan, kimyo, biologiya, fizika, geologiya, biotexnologiya va shunga yaqin sohalar bo’yicha faoliyat olib boruvchi yosh olimlarni 2019-yil 9-13 sentabr kunlari Italiyaning Trieste shahrida bo’lib o’tadigan 5 kunlik seminarda qatnashishga taklif etadi. Seminar “Policy and Diplomacy for Scientists: Introduction to Responsible Research Practices in Chemical and Biochemical Sciences” mavzusiga bag’ishlangan bo’lib, yig’in davomida barqarorlik, professional mas’uliyat, xavfsizlik me’yorlari va standartlari bilan bog’liq masalalar ham ko’rib chiqiladi.

Grant kimlar uchun?

Yosh olimlar va tadqiqotchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida tahminan 20 nafar qatnashchiga grant ajratish rejalashtirilgan. Grant yutib olgan olimlarga quyidagi imtiyozlar yaratib beriladi:

  • Safar xarajatlari qoplab beriladi.
  • Kundalik xarajatlar uchun mablag’ ajratiladi.
  • Qatnashchi tibbiy va sayohat sug’urtasi bilan ta’minlanadi.
  • Dasturga qabul qilingan 25 nafar qatnashchi turar joy bilan ta’minlanadi.

Dastur tashkilotchilari o’zini-o’zi ta’minlay oladigan ishtirokchilarni ham ariza berishga chorlaydi. Dasturda qatnshish uchun sarflanadigan xarajatlar ro’yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo’ishi mumkin.
  2. Nomzod arizasini 2019-yil 28-iyundan kechiktirmy taqdim qilishi zarur.
  3. Nomzod kimyo, biologiya, fizika, geologiya yoki shunga yaqin soha bo’yicha PhD darajasiga ega bo’lishi kerak.
  4. Nomzod kamida oxirgi besh yil davomida shu sohalardan biri bo’yicha faoliyat olib borgan bo’lishi zarur.
  5. Nomzod yosh, umidli mutahassis bo’lishi kerak.
  6. Nomzod rivojlanayotgan mamlakatlar ro’yxatiga kiruvchi davlatlardan birining fuqarosi bo’lishi kerak (Oʻzbekiston bor).
  7. Nomod 40 yoshdan katta bo’lmasligi kerak.
  8. Nomzodning PhD darajasini olganiga 10 yildan oshmagan bo’lishi zarur.
  9. Oliygohga hujjat topshirgan barcha nomzodlar ingliz tilini yaxshi bilishlari zarur.
  10. Dasturga ayol tadqiqotchilrning hujjat topshirishi qo’llab-quvvatlanadi.

Nomzodlarga qo’yilgan talablar haqida batafsil ma’lumot bu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturida qatnashish uchun nomzodlar 2019-yil 28-iyungacha https://apps.opcw.org/eventus manzili orqali o’z akkauntlarini yartishlari va tadbirda qatnashish uchun ro’yxatdan o’tishilari talab etiladi. Ba’zi muammolarga ko’ra ro’yxatdan o’tolmagan nomzodlar arizalarini icb@opcw.org manziliga email tarzida yuborishlari ham mumkin.

Ariza namunasi bilan bu yerda tanishishingiz mumkin. Hujjat topshirish jarayoni haqidagi batafsil ma’lumot bu yerda.

Kerakli hujjatlar:

  1. Ariza.
  2. CV (uzog’i bilan besh sahifadan iborat).
  3. Motivatsion xat (bir sahifadan iborat).
  4. Bayonot (Supporting Statement).
  5. Tavsiyanoma (ish beruvchi/boshliq tomonidan yozilgan).
  6. Passport nusxasi.

Hujjatlarning barchasi ingliz tilida bo’lishi zarur. Ingliz tilida bo’lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy sayti yoki dastur qo’llanmasidan olishingiz mumkin.

Email: icb@opcw.org yoki sciencediplomacy@twas.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!