Italiyaning Milan shahrida joylashgan Bocconi University universiteti 2020-yilgi Tuition Waiver for Students with Disabilities Equal or Greater Than 66% dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu grant dasturi universitetda oʻqitiladigan bakalavriat, magistratura yoki integrativ magistratura dasturlariga oʻqisha kirgan imkoniyati cheklangan talabalar uchun moʻljallangan. Grant nomzodning nogironligi 66 foiz va undan koʻp boʻlganda amal qiladi. Grant quyidagi muddatlarga ajratiladi:
- Bachelor of Science programs – koʻpi bilar 9 semestr (4,5 yil);
- Master of Science programs – koʻpi bilan 7 semestr (3,5 yil);
- Integrated Master of Arts in Law program – koʻpi bilan 13 semestr (6,5 yil.)
Grant kimlar uchun?
Bakalavriat va magistraturada oʻqishni istagan imkoniyati cheklangan talabalar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Universitet bakalavriat va magistraturasida oʻqish uchun kontrakt hajmi bir yilga taxminan 13 000 – 14 000 yevroni tashkil etadi.
Grant yutib olgan talabalarning kontrakti 50 foiz qisman yoki 100 foiz toʻliq qoplab beriladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Nomzod Italiya fuqarosi boʻlmasligi kerak.
- Nomzod attestat/kollej/litsey ma’lumotiga ega boʻlishi kerak.
- Nomzod Bacconi University BSc, MSc Programs yoki Integrated MSc of Arts in Law kurslaridan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi/qilinishi lozim.
- Nomzod a’lochi boʻlishi kerak.
- Nomzod Italiya sogʻliqni saqlash tizimidan 66 foizga yoki toʻliq imkoniyati cheklangan talaba sifatida tasdiqlanishi lozim.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak (B2 yoki unga tenglashtirilgan darajada).
Barcha talablar: shu yerda.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantga nomzodlik qilish uchun universitetning BSc, MSc Programs yoki Integrated MSc of Arts in Law kurslaridan ariza berish lozim. Grant dasturiga alohida ariza topshirish tab qilinmaydi.talab qilinadi. Ayni vaqtda grantga ariza topshirish platformasi yopiq. Onlayn platforma 30-sentabrda ochiladi va qabul 22-oktabrgacha davom etadi.
Hujjat topshirish jarayoni quyidagicha:
- Universitet rasmiy vebsaytining “My Application” boʻlimida onlayn tarzda ariza
- Kerakli hujjatlarni yuklang. Buning uchun ariza shakli chop etiladi, toʻldiriladi, skaner qilinib belgilangan oʻringa qayta yuklanadi.
- BSc Programs dasturi boʻyicha arizalar qabul qilish yiliga bir necha marta boʻlib oʻtadi. Ammo, arizalarini ertaroq topshirgan maqsadga muvofiq.
- Universitetga test (The Bocconi selection test)
- Natijalar ariza topshirish tugallanganidan keyin 2-3 hafta ichida “My Application” boʻlimida e’lon qilinadi.
- Stipendiya dasturiga loyiq deb topilgan talabalarga bu haqidagi xabar universitetga qabul qilinganlik haqidagi xat bilan birgalikda yuboriladi.
- Ariza topshirish uchun 100 yevro badal toʻlash kerak.
Hujjat topshirish jarayoni bilan batafsil shu yerda tanishing.
Universitetga kirish uchun talab qilinadigan hujjatlar:
- Toʻldirilgan ariza.
- Attestat/kollej/litsey/bakalavr diplomi.
- Baholar/diplom ilovasi.
- Passport nusxasi.
- Til sertifikatlari. Ingliz tili va italuan tilidan kamida B2 darajali sertifikat talab qilinadi.
- SAT/ACT sertifikati.
- CV/resume va motivatsion xat.
- Arizani koʻrib chiqish toʻlovi toʻlanganligi haqidagi ma’lumotnoma.
Grantga hujjat topshirish:
- Dastlab: shu yerdan qanday tartibha hujjat topshrish haqida oʻqib chiqing.
- Sahifada 30-sentabrdan boshlab ariza topshirish linki ochiladi. Shu linkni bosib, ariza toʻldirasiz.
- Arizani chop etib, imzo qoʻying va tizimga qayta yuklang.
- Barcha soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.
- «My Application»dagi Fees Funding and Housing boʻlimida «Notification area» qismi bor, shu yerda sizga grant ajratilgan yoki y`oqligini tekshirib boring.
Grantga kerakli hujjatlar:
- Toʻldirilgan va imzolangan ariza.
- Italiya Tibbiy Qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan imkoniyati cheklanganlik sertifikati (Article 3, paragraph 1 and 3 of Italian Law n. 104 of 5 February 1992).
- Italiya Tibbiy Qoʻmitasidan imkoniyati cheklanganligi tekshirilgandan keyin berilgan ma’lumotnoma.
- Agar nogironlik ikki taraflama boʻlsa, shu haqida sertifikat.
- Universitet namzodni imkoniyati cheklanganini tasdiqlagan holda soʻralishi mumkin boʻlgan qoʻshimcha hujjatlar. Ular «My Application»dagi Fees Funding and Housing boʻlimida «Notification area» qismida xabar qilinadi.
Hujjat topshirishga vaqtingiz kam boʻladi. Shu sababli hamma hujjatlarni ertaroq tayyorlab qoʻying. Hujjat topshirish haqidagi qoʻshimcha ma’lumotlarni tashkilotchining rasmiy sayti dan olishingiz mumkin.
Natijalar 15-noyabrda e’lon qilinadi.
Bogʻlanish uchun: shu yerga murojaat qiling.