×

Italiya: magistratura bosqichi uchun to’liq grant; o’rinlar soni – 100 ta!


Grant

MUHLAT

23.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Italiya

O'QILGAN

419 marta

Italiyada joylashgan Politecnico di Milano (Milan Politexnika Universiteti) 2019-2020 o’quv yilining kuzida boshlanadigan Laurea Magistrale (Master of Science) kurslariga o’qishga qabul qilingan/qilinadigan talabalarga “Politecnico Di Milano Silver Scholarships” grantlarini e’lon qilmoqda. Grantlar oliygohning xorijlik (ro’yxatda O’zbekiston ham bor) talabalari uchun mo’ljallangan. Grantlar magistratura (MS) bosqichining barcha yo’nalishlari bo’yicha jami 100 nafar talabaga beriladi. Dasturdan maqsad eng iqtidorli va umidli talabalarni rag’batlantirish va moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida Politecnico di Milano universitetining Cremona, Milano, Mantova va Piacenza kampuslariga magistratura (MS) bosqichiga qabul qilingan 100 nafar talabaga grant ajratish rejalashtirilgan.

Grant yutib olgan talabalarga uzog’i bilan 2 yil davomida o’qish to’lovi to’liq to’lab beriladi. Grantlar har yili bir marta ajratilib, o’qishda yuqori natijalarga erishgan talabalarga ikkinchi yil uchun ham uzaytirilishi mumkin.

Ba’zi sabablarga ko’ra stipendiat magistratura kursini tamomlamay o’qishdan ketmoqchi bo’lsa, unga o’zi uchun ajratilgan mablag’ni to’liq qaytarish majburiyati yuklanadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  1. Nomzod Italiya fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  2. Nomzod 2019-yil 23-mayga qadar Politecnico di Milano universitetining Laurea Magistrale (Master of Science) kurslariga hujjat topshirishi kerak.
  3. Nomzod o’zi o’qimoqchi bo’lgan soha bo’yicha bakalavr yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo’lishi kerak.
  4. Oliygohga hujjat topshirgan barcha nomzodlar ingliz tilini yaxshi bilishlari zarur.
  5. Italian tilidagi kurslarga hujjat topshirgan nomzodlar italian tilini kamida B1 darajasida bilishlari talab etiladi.
  6. Scholarship Awarding Committee stipendya ajratishda nomzodlarning erishgan akademik yutuqlariga, baholariga va motivatsion xatiga katta e’tibor qaratadi.
  7. Oliygohga hujjat topshirgan nomzodlardan “arizani ko’rib chiqish to’lovi” talab etilmaydi. Ammo, o’qishga qabul qilingan talabalar 170.20 yevro (taxminan 193.38 AQSh dollari) miqdoridagi “ro’yxatdan o’tish to’lovi”ni to’lashlari zarur.
  8. Ushbu grant bo’yicha stipendiya oladigan talaba boshqa biror grant dasturida qatnasha olmaydi.

Nomzodlarga qo’yilgan talablar haqida batafsil ma’lumot bu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturida qatnashish uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi. 2019-yil 23-mayga qadar Politecnico di Milano universitetining Laurea Magistrale (Master of Science) kurslariga hujjat topshirgan barcha arizachilar grant dasturi uchun nomzod deb hisoblanadilar. Magistratura kursiga hujjat topshrish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

  • Onlayn ro’yxatdan o’tish. Bunda nomzodga ro’yxadan o’tish raqami beriladi. Ro’yxatdan o’tish qo’llanmasi.
  • Onlayn arizani to’ldirish. Ariza onlayn to’ldiriladi, unuversitet qabul hay’atiga taqdim etiladi. Shundan so’ng uning qog’oz shaklidagi nusxasi PDF formatida saqlanib, chop etilib, imzo qo’yilgan holda passport nusxasi va bakalavr diplomi nusxasi, baholari/diplom ilovasi bilan birga oliygohga pochta orqali Ariza to’ldirish qo’llanmasi bu yerda.
  • Pochta/ekspress orqali yuboriladigan hujjatlar quyidagi manzilga jo’natilishi zarur:

Politecnico di Milano
International Admissions Office
International Projects Service
Piazza Leonardo da Vinci 32
20133 Milano (MI) – Italy

Hujjat topshirish jarayoni haqidagi batafsil ma’lumot bu yerda. Natijalar 2019-yilning iyul oyida e’lon qilinadi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn ariza.
  2. CV.
  3. Bakalavr diplomi.
  4. Baholar/diplom ilovasi.
  5. Tavsiyanoma.
  6. Motivatsion xat.
  7. Portfolio (onlayn arizaning “Master of Science programme(s) selection” bo’limiga yuklanishi va 20 MBdan oshmasligi talab etiladi.). Batafsil ma’lumot
  8. GRE testi natijalari (skaner qilingan holda email orqali Energy Engineering yo’nalishi uchun piacenza@polimi.it manziliga va Management Engineering yo’nalishi uchun gre-managementengineering@polimi.it manziliga yuborilishi kerak).

Hujjatlarning barchasi ingliz/italian tilida bo’lishi zarur. Ingliz/italian tilida bo’lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy sayti yoki dastur qo’llanmasidan olishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!