Italiyada joylashgan Adriano Olivetti iqtisodiyot va kompaniyalar menejmentini o’qitish universiteti 2018-yil noyabr oyida boshlanadigan magistratura kurslari uchun grant ajratgan. Grantlar Business Strategy and International Management yo’nalishiga beriladi. Kursning qulay jihatlaridan biri uning bir yil ichida ham darslar (5 oy), ham amaliy mashg’ulotlar (3 oy) va ham stajirovkani (4 oy) o’z ichiga olishidir. Darslar ingliz va italyan tillarida olib boriladi va nomzod tilni o’zi tanlaydi. Kurs uchun avtomatik tarzda belgilanadigan to’liq va qisman grantlar ham mavjud. Hozirda bu grant arizalar uchun ochiq.
Grant kimlar uchun?
Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Kursning kontrakt to’lovi 7500 yevroni tashkil etadi. Eng yaxshi natija ko’rsatgan nomzodlarga avtomatik tarzda 100% yoki 50%lik grantlar taqdim etiladi.
Talablar:
Ushbu magistratura kursiga qabul qilinib, grant yutishni xohlovchi nomzodlar quyidagi talablarga mos bo’lishlari kerak:
- Nomzod iqtisod, huquqshunoslik, muhandislik yoki gumanitar fanlar yo’nalishlaridan biri bo’yicha bakalavr kursini tamomlagan bo’lishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Dastur uchun hujjat topshirmoqchi bo’lgan nomzodlar onlayn arizani to’ldirgach, quyidagi hujjatlarni informa@istao.it elektron manziliga jo’natishlari kerak:
- Passport o’lchamdagi rasm va passport nusxasi
- Shaxsiy bayonot. Bunda nomzod haqida, uning reja va maqsadlari haqida yozilishi kerak
- Diplom va baholar
- Nomzodning nashr va tezislari jamlangan rezyume
- CV
- Nomzod olib borgan tadqiqotlar, tavsiyanoma va tashakkurnomalar hamda nomzodni yaxshiroq o’rganish uchun kerak bo’lishi mumkin barcha boshqa qo’shimcha hujjatlar.
Saralash jarayoni:
Nomzodlar quyidagi tartibda baholanadilar:
Yozma ish-20%
Guruh ishi-20%
Suhbat natijasi-60%.
Bularning barchasi yakuniy nazorat jarayoni sifatida onlayn tarzda o’tkaziladi. Yozma ish jarayonida nomzod quyidagilar bo’yicha imtihondan o’tadi: umumiy bilimlar darajasi, ingliz (italyan) tilini bilish darajasi va ingliz (italyan) tilida yozish mahorati.
Suhbat esa ikki xil komissiya a’zolari tomonidan o’tkaziladi.