×

Italiya: PhD uchun to‘liq grant; barcha xarajatlar qoplanadi; yillik stipendiya –16 160 yevro; joy – 31 ta!


Grant

MUHLAT

18.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Italiya

O'QILGAN

2481 marta

Italiyaning L’Aquila shahrida joylashgan GSSI-Gran Sasso Science Institute PhD bosqichi uchun Fellowships for the PhD programmes in “Astroparticle Physics”, “Mathematics in Natural, Social and Life Sciences”, “Computer Science”, “Urban Studies and Regional Science” dasturlariga arizalar qabul qilmoqda. Institut National Institute for Nuclear Physics (INFN)da ilmiy markaz sifatida faoliyat yuritadi. Grant National Institute for Nuclear Physics (INFN) tarkibidagi School of Advanced Studiesda PhD dissertatsiyasi tadqiqotini olib borishni xohlagan talabalar uchun mo‘ljallangan. Grant to‘rt yilga beriladi.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida o‘qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:

  1. To‘rt yilga kontrakt puli to‘liq qoplab beriladi.
  2. To‘rt yil bepul turar joy bilan ta’minlanadi.
  3. Har yiliga yillik 16 159,91 yevro stipendiya ajratiladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo‘lishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  • Nomzod institutning “Astroparticle Physics”, “Mathematics in Natural, Social and Life Sciences”, “Computer Science”, “Urban Studies and Regional Science” PhD kurslaridan biriga o‘qishga kirgan bo‘lishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi bo‘lishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak.
  • Nomzod tegishli soha bo‘yicha bakalavr/magistr diplomiga ega bo‘lishi kerak.
  • Nomzod soha bo‘yicha yaxshi bilimga ega bolishi lozim.

Grantga oid barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar institutning “Astroparticle Physics”, “Mathematics in Natural, Social and Life Sciences”, “Computer Science”, “Urban Studies and Regional Science” PhD kurslarida o‘qish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi PhD kursiga ariza berishi kerak. Grantga alohida ariza topshirish shart emas. Dedlayn 2019-yil 18-iyungacha.

Grantga ariza berish uchun avval: shu yerda ro‘yxatdan o‘tish va ariza to‘ldirish kerak. Ariza 6 ta qismdan iborat. Har bir bo‘limni to‘ldirgandan keyin saqlash tugmasini bosish lozim. Har bir yulduzcha (*) qo‘yilgan bo‘limni to‘liq yozish zarur. Arizani to‘ldirib bolgandan keyin “submit”ni bosib, jo‘nating. Arizaga ilova qilinadigan hujjarlarni ham yuklash kerak. Yuklanadigan har bir hujjatning hajmi 3 mb dan oshmasin.

Kerakli hujjatlar tarkibi (umumiy):

  • Bakalavr/magistr diplomi
  • Diplom ilovasi nusxasi.
  • CV (Curriculum Vitae).
  • Pasport nusxasi.

Grantga hujjat topshirish va talablar haqida batafsil: shu yerda tanishing. Savollar tug‘ilganda FAQ bo‘limini o‘qib chiqing.

Nomzodlar grantga  aʼlo baholari, ish tajribasi, ilmiy tadqiqot faoliyati, kelajakdagi rejalari va ilmiy salohiyati, kreativligi kabilar asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayn muddatidan keyin iloji boricha tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Ma’lumot uchun: info@gssi.it.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!