Italiyaning Turin shahrida joylashgan Turin School of Regulation maktabi International Summer School on the Regulation of Local Public Services 23rd Edition yozigi maktabda qatnashishga taklif etadi. Dastur bakalavr bosqichi bitiruvchilari, magistratura va PhD talabalari hamda davlat boshqaruv organlari hizmatchilari uchun mo’ljallangan bo’lib, 2020-yilning 31-avgustidan 11-sentabrgacha bo’lib o’tadi. Dasturda hizmat ko’rsatish va kommunal hizmatlar sohasini rivojlantirish hamda bu boradagi dolzarb mammolar muhokama qilinadi. Yozgi maktab uch qismdan iborat bo’ladi:
- Nazariy qism
- Muhokamalar (kommunal hizmatlar va sanoat sohalari bo’yicha)
- Case study (qatnashchilar tayyorlagan m’lumotlar asosida).
Grant kimlar uchun?
Talaba va yosh mutaxassislar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
- Yevropa Ittifoqi tarkibiga kirmaydigan davlatlar (xususan O’zbekiston) fuqarolari uchun maktabda qatnashish qiymati 150 yevroni tashkil etadi.
- Yozgi maktabning barcha qatnashchilari bepul turar joy bilan ta’minlanadilar.
- To’lovlar yozgi maktab boshlanishidan bir hafta oldin faqat maktabga qabul qilingan ishtirokchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:
- Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo’ishi mumkin.
- Nomzod arizasini 2020-yil 3-iyundan kechiktirmy taqdim qilishi zarur.
- Nomzod bakalavr bosqichi bitiruvchisi, magistratura/PhD talabasi yoki davlat boshqaruv organlari xizmatchisi bo’lishi kerak.
- Nomzod sohaga oid bilim va mehnat tajribasiga ega bo’lishi zarur.
- Iqtisodiyot, huquqshunoslik, davlat boshqaruvi va atrof-muhit/ekologiya sohalari bo’yicha o’qiydigan/faoliyat olib borvchi nomzodlar ham dasturda ishtirok etishlari mumkin.
- Nomzod yosh, umidli mutahassis bo’lishi kerak.
- Dasturga hujjat topshirgan barcha nomzodlar ingliz tilini yaxshi bilishlari zarur.
Nomzodlarga qo’yilgan talablar haqida batafsil ma’lumot shu yerda.
Dasturga qabul jarayoni:
- Grant dasturida qatnashish uchun nomzodlar 2020-yil 3-iyungacha shu yer orqali onlayn arizani to’ldirishlarishlari va CV (2MB dan iborat, PDF,DOC yoki RTF formatlarida) bilan birga taqdim etishlari zarur.
- Natijalar 2020-yil 15-iyunda email orqali e’lon qilinadi.
Hujjatlarning barchasi ingliz tilida bo’lishi zarur. Hujjat topshirish jarayoni haqidagi batafsil ma’lumot shu yerda.
Grant haqidagi to’liq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.
Murojaat uchun:
Fulvia Nada
E-mail: iss@turinschool.eu
Tel: +39 346 8910600