×

Italiya: Bakalavriat va magistratura uchun to’liq grant va 8000 yevro stipendiya; joy – 50 tagacha!


Grant

MUHLAT

02.05.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Italiya

O'QILGAN

30375 marta

Italiyada joylashgan Padua universiteti (Università di Padova) har yili bakalavriat va magistratura dasturlarida oʻishni xohlovchi xorijlik talabalarga Padua International Excellence Scholarship Programme grant dasturini taklif qiladi. Grantlar eng yuqori akademik koʻrsatkichlar va yutuqlarga ega nomzodlarga taqdim etiladi.

2022-2023-oʻquv yili uchun jami 44-50 ta grant ajratilishi rejalashtirilgan. Grantlar faqat ingliz tilida o’qitiladigan bakalavriat va magistratura dasturlari uchun beriladi. Ingliz tilida oʻqitiladigan bakalavriat va magistratura dasturlari roʻyxatini BU YERDAN topasiz.

Grant sohiblari universitet elchisi vazifasini bajarishi va baʼzi tadbirlarda universitet vakili sifatida qatnashishi kerak boʻladi. Oʻqish 2022-yilning kuzgi semestrida boshlanadi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni qoʻlga kiritgan talabalar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qilinadi.
  • Yiliga 8000 yevro stipendiya beriladi.

Talaba yuqoridagi imtiyozlarni magistratura uchun 2 yil, bakalavriat uchun 3 yil davomida oladi (bakalavriat bosqichi 3 yillik).

Talabaga taqdim etilgan grant quyidagi hollarda bekor qilinadi:

  • Talaba 2023-yil 30-noyabrgacha kamida 20 kredit olmasa (oʻtilgan fanlar uchun kredit beriladi).
  • Talaba boshqa universitetga oʻqishini koʻchirishga yoki oʻqishni tashlashga qaror qilsa.

Yuqoridagi hollarda talaba grant orqali qabul qilingan summani universitetga qaytarishi lozim boʻladi.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Nomzod Italiya fuqarosi bo’lmasligi kerak (ikki fuqarolikka ega nomzodlar ham ushbu grantga daʼvogar boʻla oladi)..
  2. Nomzod bakalavriat kurslari uchun yuqori maktab (maktab, kollej, litsey) attestati/diplomini va magistratura kurslari uchun bakalavrlik diplomibi Italiya hududidan tashqarida, Italiyaga tegishli bo’lmagan taʼlim muassasasida olgan bo’lishi zarur. Oxirgi sinf/kursda oʻqiyotgan oʻquvchi va talabalar ham ariza topshira oladi. Bunda nomzod oʻqishga qabul qilinsa, 31-iyul yoki 30-sentabrgacha (dasturga qarab farq qiladi) attestat/diplomni taqdim etishi kerak boʻladi.
  3. Italiyada yashamayotgan boʻlishi kerak.
  4. Padova Universitetidagi ingliz tilida o’qitiladigan kurslardan biriga o’qishga hujjat topshirishi zarur (nomzod 3 tagacha dasturga hujjat topshirishi mumkin)

Padova universiteti bakalavr va magistratura kurslariga qabulning o’zi uchun ham talablar mavjud, ular bilan batafsil tanlangan kurs sahifaisda tanishishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun alohida ariza topshirilmaydi. Padova universitetidagi ingliz tilida o’qitiladigan bakalavr va magistratura kurslariga ariza topshirganlar avtomatik tarzda ushbu grant uchun talabgor sifatida koʻrib chiqiladi.

Qabul sanalari

Universitetga qabul yiliga 2 marta amalga oshiriladi. Qabul sanalari dasturga qarab farq qiladi. Masalan, baʼzi dasturarga qabul har yili fevral oyi boshigacha, baʼzilariga mart oyi boshigacha va ayrimlariga may oyi boshigacha qabul qilinadi. Umumiy qabul sanalari bilan BU YERDA batafsil tanishishingiz mumkin (Timeline).

Kursga hujjat topshirishning oxirgi kuni fakultet va yo’nalishlarga qarab farq qilishi, oʻzingiz tanlagan kurs sahifasida ko’rsatilgalgan dedlayngacha ariza topshiring.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Avval shu yerdan kerakli dastur (yoʻnalish)ni tanlab, qabul talablari bilan batafsil tanishib chiqing..
  2. Hamma kerakli hujjatlarni PDF formatda tayyorlang.
  3. Shu yerda ro’yxatdan o’ting. “Become an applicant” yozuvini bosib ariza to’ldiring.
  4. Sizga applicant code jo’natiladi. Shu kodni yozib, arizani toʻldiring. Arizani topshirishdan (Submit) oldin barcha zaruriy maydonlarni toʻldirganingiz va barha kerakli hujjatlarni yuklaganingizga ishonch hosil qiling. Siz 3 tagacha mutaxassislikka (dasturga) hujjat topshirishingiz mumkin.
  5. 30 yevro ariza toʻlovini to’lang. Email orqali toʻlov uchun havola yuboriladi.
  6. Natijani kuting.

Ariza topshirish jarayoni BU YERDA qadam-baqadam tushuntirilgan (Step-by-step procedure).

Kerakli hujjatlar roʻyxati bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin (Required documents).

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grant haqidagi rasmiy eʼlon va qabul jarayoni haqidagi maʼlumot bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasida maxsus shakl orqali universitetga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!