×

Italiyada barcha xarajatlar qoplanadigan bir oylik yozgi maktab!


Grant

MUHLAT

10.02.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Italiya

O'QILGAN

5320 marta

Angliya London Matematika LaboratoriyasiLondon Mathematical Laboratory (LML) Italiyaning Triyest shahridagi Abdus Salom nomidagi Nazariy fizika Xalqaro MarkaziICTPda tashkil etilayotgan LML SUMMER SCHOOL 2019ga taklif etadi. Ushbu yozgi maktab 2019-yil 8-iyuldan 2-avgustgacha boʻlib oʻtadi. Yozgi maktabda soha (matematika, fizika) vakillari boʻlgan magistratura va undan yuqori bosqich talabalari ishtirok etishlari mumkin.

London Matematika Laboratoriyasi bu yil ilk bor yozgi maktabni Angliya hududidan tashqarida tashkil etmoqda. Saralab olingan nomzodlar toʻrt hafta LML, ICTP va SISSA tashkilotlarining yetuk mutaxassislari bilan birgalikda fizika, matematika fanlari boʻyicha dolzarb muammolarni tahlil qiladilar.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va undan yuqori bosqich talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dasturda qatnashish huquqi qo’lga kiritganlar quyidagi imtiyozlar bilan ta’minlanadi:

  • Italiyaga borish va kelish xarajatlari qoplanadi.
  • Yozgi maktab davomida turar joy va oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.

Talablar:

Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Barcha davlatlar, jumladan, rivojlanayotgan mamlakatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega (fuqarolikka oid cheklash yoʻq).
  2. Nomzod aspirant/doktorant boʻlishi kerak.
  3. Ingliz tilini yaxshi bilishi kerak (odatda IELTS 6,5-7,0).
  4. Nomzod sayohat qilish va Italiyada bir oy yashash imkonga ega boʻlishi lozim.
  5. Nomzod viza rasmiylashtirish, tibbiy va sayohat sugʻurtasi (zarur hollarda) rasmiylashtirish uchun maʼsul.

Nomzodlar sohaga mos keluvchi akademik yutuqlari, ilmiy salohiyati, tadqiqotchilik qobiliyati va fan boʻyicha layoqatliligi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2019-yil 10-fevral tungi 00:00 ga qadar qabul qilinadi. Ariza va hujjatlar c.scragg@lml.org.uk elektron manziliga joʻnatiladi.

  1. Shaxsiy ariza koʻrsatilgan muddatda joʻnatilishi uchun avvaldan boshqa ilova qilinadigan hujjatlarni tayyorlab qoʻyish zarur;
  2. Biografik maʼlumotlar;
  3. Ikkita tavsiyanoma (avvalgi va hozirgi oʻqish joyidan);
  4. Tadqiqot uchun loyihani tanlashga sabablar va motivatsion maʼlumot (500 ta soʻzgacha). Loyihalar bilan tanishish va tanlash: SHU YERDA

Barcha hujjatlar PDF formatida quyidagi tartibda rasmiylashtiriladi:

surname_first name_document.pdf

Masalan:

smith_peter_CV.pdf
smith_peter_covering letter.pdf
smith_peter_reference letter.pdf kabi.

Natijalarning eʼlon qilinishi

2019-yilning mart oyi oxirida topshirilgan hujjatlar boʻyicha arizalarning qabul qilinish holati toʻgʻrisida maʼlumotlar aniqlanadi va nomzodlarning elektron pochtalariga yuboriladi.

Qoʻshimcha maʼlumot va bogʻlanish uchun: LML Office Manager, Chloe Scragg, c.scragg@lml.org.uk.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!