Amerika Qoʻshma Shtatlarining The International Association of Plumbing and Mechanical Officials (IAPMO) – Xalqaro santexnik va mexaniklar assotsiatsiyasi talabalarni 2019-yil “IWSH Essay Scholarship Contest” insholar tanlovida qatnashishga taklif etadi. Insholar tanlovi kollej va universitetda taʼlim olayotgan yoki yuqori sinfda oʻqiyotgan oʻquvchi-talabalar uchun moʻljallangan. Insho santexnika bizning hayotimizda qanday ahamiyatga egaligi va assotsiatsiya loyihalarining global oʻrni haqida yozilishi kerak.
Insho mavzusi: “What can IWSH do to improve sanitation and clean water for those who lack access to a plumbing system?”
Grant kimlar uchun?
Kollej, litsey va maktabning yuqori sinf o’quvchilari va bakalavriat talabalar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Tanlovda gʻolib boʻlgan nomzodlarga quyidagi mukofotlar beriladi:
1-oʻrin:
- 1000 AQSH dollari mukofot beriladi.
- IWSH rasmiy saytida essesi eʼlon qilinadi.
- Bir yil IAPMO ga aʼzo boʻladi.
2-oʻrin:
- 750 AQSH dollari mukofot beriladi.
- IWSH rasmiy saytida yozgan essesi eʼlon qilinadi.
3-oʻrin:
- 500 AQSH dollari mukofot beriladi.
- IWSH rasmiy saytida yozgan essesi eʼlon qilinadi.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
Tanlovda ishtirok etmoqchi boʻlgan nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
- Yuqori sinf oʻquvchisi/ universitet/ kollejda oʻqiyotgan nomzodlar ariza topshirishlari mumkin.
- Nomzod oʻqishga kirganligi/oʻqiyotganligi haqidagi hujjat va baholari koʻrsatilgan maʼlumotnomani taqdim eta olishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Arizalar 2019-yil 30-aprelcha qabul qilinadi.
Arizalarni elektron pochta, qogʻoz variantda pochta orqali yoki faksdan joʻnatish mumkin.
Manzil:
- Faksdan 909-472-4241 raqamiga joʻnatiladi.
- USPS (pochta) orqali: International Water, Sanitation and Hygiene Foundation
Attn: Leticia Gallegos, Essay Contest
4755 E. Philadelphia Street
Ontario, CA 91761
- Elektron pochta: essay@iwsh.org manziliga joʻnatish kerak.
Hujjatlar tarkibi:
- Ariza ism-sharif, pochta, telefon va elektron pochta maʼlumotlari koʻrsatilgan tarzda toʻldirilishi kerak. Agar tashkilotchilarda biror qoʻshimcha savol tugʻilsa, ular koʻrsatilgan manzil orqali nomzod bilan bogʻlanadilar.
- Esse santexnikaning inson hayotidagi oʻrni va tashkilotchi olib borayotgan loyihalarning global ahamiyati haqida yozilgan boʻlishi kerak. Esseni nomzodning oʻzi yozgan boʻlishi va boshqa joydan koʻchirmagan boʻlishi kerak.
- Bitta nomzod faqat bitta esse topshira oladi.
- Esse 800 dan 1600 ta soʻzgacha yoziladi. Keltirilgan havola (snoska)lardagi soʻzlar esse hajmiga kirmaydi.
- Esse matni Times New Roman shriftida 12 hajmda va 2 interval tashlab yoziladi. Har bir tarafdan 1 dyuym (2,54 sm) maydon qoldiriladi. Esse talablarini MLA Handbookning 8-nashridan olish mumkin.
- Esse Microsoft Word formatida yuborilishi (.doc yoki .docx) kerak.
- Boshqa format (dastur)da yozilgan esselar koʻrib chiqilmaydi.
*Barcha hujjatlar ingliz tillarida toʻldiriladi va yuqorida koʻrsatilgan manzilga dedlayngacha joʻnatiladi.
Nomzodlar chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya sohasidagi muammolaridan xabardorligi, ijtimoiy faolligi, kasbiy tajribasiga koʻra saralanadi.
Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar pochtasiga xabar joʻnatiladi.
Bogʻlanish uchun:
Faks: 909-472-4241
Pochta: International Water, Sanitation and Hygiene Foundation
Attn: Leticia Gallegos, Essay Contest
4755 E. Philadelphia Street
Ontario, CA 91761
Elektron pochta: essay@iwsh.org