×

Maktab oʻquvchilari uchun “Jadid bobomga maktub” nomli insholar tanlovi: mukofot jamgʻarmasi 37 mln soʻm!


Grant

MUHLAT

20.08.2025

QOLGAN VAQT

41 kun

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

36 marta

“Jadid” gazetasi tahririyati O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida maktab o‘quvchilari uchun Vatanga bo‘lgan mehr-u muhabbat va sadoqatni kuchaytirish, milliy qadriyat va an’analar ruhini mustahkamlash, ma’rifatparvar jadid bobolarning ibratli faoliyatini mustaqil tahlil va talqin etishga chorlash maqsadida Jadid bobomga maktub” tanlovini e’lon qildi.

Grant kimlar uchun?

Maktab oʻquvchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov g‘oliblari diplom, jadid bobolar qalamiga mansub kitob jamlanmasi va quyidagicha pul mukofoti bilan taqdirlanadi:

  • 1 ta birinchi o‘rin – 5 000 000 (besh million so‘m)
  • 2 ta ikkinchi o‘rin – 4 000 000 (to‘rt million so‘mdan, jami: 8 mln)
  • 3 ta uchinchi o‘rin – 3 000 000 (uch million so‘mdan, jami: 9 mln)
  • 10 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin – 1 000 000 (bir million so‘mdan, jami: 10 mln so‘m).

Tanlov g‘oliblarining insholari Mustaqillik bayrami arafasida “Jadid” gazetasida chop etiladi.

Birinchi o‘rinni egallagan g‘olib o‘zi o‘qiyotgan maktabda hay’at a’zolari, taniqli ijodkorlar tomonidan tantanali taqdirlanadi va maktab kutubxonasiga 1000 ta badiiy, ilmiy-ommabop kitob taqdim etiladi.

Tanlov g‘oliblari va sovrindorlari matbuotda, xususan, “Jadid” gazetasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilinadi.

Talablar:

Tanlov shartlari quyidagicha:

  • jadid bobolardan istalgan biriga insho tarzida yozilgan maktub (daftar varag‘ining 80 qatoridan oshmagan holda, xatosiz, husnixat bilan qo‘lda yozilgan bo‘lishi shart);
  • har bir nomzod o‘z inshosini shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi, yashash manzili, bog‘lanish uchun telefon raqamini, maktabi va sinfini ko‘rsatgan holda taqdim etishi shart;
  • insholar 2025-yil 20-avgustiga qadar tahririyatning pochta manziliga yuborilishi kerak. Belgilangan muddatdan so‘ng yuborilgan ishlar ko‘rib chiqilmaydi.

Baholash

Insho hakamlar hay’ati tomonidan 100 ballik tizim bo‘yicha quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

  • Mazmun-mantig‘i, milliy qadriyat va an’analarga mosligi, jadidlar merosi haqida tasavvur darajasi va badiiy ifodasi – 30 ball;
  • Ijodiy yondashuv va o‘ziga xoslik – 20 ball;
  • Til va uslub (lug‘at boyligi, grammatik to‘g‘rilik, badiiy vositalardan foydalanish) – 20 ball;
  • Ezgulikka undashi, zamonaviy dunyo bilan hamohangligi – 20 ball;
  • Noan’anaviy yondashuv – 10 ball.

Insholarni baholash jarayonida ko‘chirmakashlik (yoki sun’iy intellekt ishtiroki) aniqlangan taqdirda, material tanlovdan olib tashlanadi va media vositalar orqali mazkur insho plagiat (adabiy o‘g‘rilik) ekanligi e’lon qilinadi.

Nomzodlar tomonidan tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etilgan materiallar bo‘yicha izoh yoki sharh berilmaydi hamda ular egalariga qaytarilmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlov uchun insholar 2025-yil 20-avgustgacha pochta orqali “Jadid” gazetasi tahririyat manziliga yuborilishi lozim. Tahririyat manzili: Toshkent shahri Shayhontohur tumani Navoiy ko‘chasi 69-uy.

Murojaat uchun kontaktlar:
+998-77-199-22-10;
+998-95-795-75-09;
t.me/jadidtanlovi_bot

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!