×

Jahon Bankida 3-6 oy amaliyot uchun stipendiya!


Grant

MUHLAT

31.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

4238 marta

Jahon Bankida 2021-yil iyundan boshlab 3-6 oy davom etadigan amaliyot dasturi uchun arizalar qabul qilmoqda. Amaliyot dasturi Jahon Bankining turli bo’limlarida ishlab, amaliy ish tajribasiga ega bo’lish hamda bankning ish jarayoni bilan yaqindan tanishish imkonini beradi. Dasturga magistratura yoki doktorantura kurslarida o’qiyotgan talabalar qabul qilinadi. Amaliyot asosan AQShning Vashington shahrida bo’ladi. Ba’zi amaliyotchilar Jahon Banki ofislari mavjud boshqa davlatlarga ham borishlari mumkin.

Amaliyot kamida 56 kun davom etadi. Qabul qilingan amaliyotchilar amaliyotni imkon qadar tez boshlashlari kerak bo’ladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va doktorantura talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Amaliyotchilarga amaliyot vaqita stipendiya to’lanadi. Dasturning moliyaviy manfaatlaridan tashqari, bunday amaliyot dasturlarida ishtirok etish CV uchun foydali qo’shimcha bo’ladi, kelajakda o’qish va ishga kirish, turli grantlar yutishda arizani kuchaytiradi.

Turar joy va oziq-ovqat xarajatlarini amaliyotchining o’zi qoplashi kerak bo’ladi.

Talablar:

  • Nomzod full-time (kunduzgi) magistratura yoki doktorantura kursida o’qiyotgan bo’lishi va amaliyotdan keyin o’qishni davom ettirishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur. Rus, fransuz, ispan, arab, portugal yoki xitoy tillarini bilish foydali.
  • Amaliyot dasturiga yoshi, jinsi va millatidan qat’i nazar barcha hujjat topshirishi mumkin. Ayniqsa ayol nomzodlarning hujjat topshirishi tavsiya etiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar onlayn tarzda bu yerda qabul qilinadi. Hujjat topshirishning oxirgi kuni – 31-yanvar. Quyidagi hujjatlar topshiriladi:

  • CV;
  • Motivatsion insho;
  • Talabalikni tasdiqlovchi hujjat.

Hujjatlar doc., docx., yoki PDF formatida, har birining hajmi 5MB dan oshmagan holda yuklanadi. Ariza bir o’tirishda to’ldiriladi, shuning uchun hamma hujjatlarni tayyorlagach, keyin ariza to’ldirishni boshlang. Hujjat topshirish oldidan bu yerdagi muhim ma’lumotlar bilan tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!