×

Janubiy Koreya: 2 haftalik treyning dasturi uchun qisman grant


Grant

MUHLAT

15.11.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Janubiy Koreya

O'QILGAN

5960 marta

The Korean Society of Ultrasound in Medicine (KSUM) ultratovushning tibbiyotdagi o’rniga yo’naltirilgan jamiyati bo’lib, 1980-yilda asos solinganidan beri ultratovushning qo’llanilishini o’rganib keladi. Bu jamiyat hozirda tibbiyotning ultratovush va shunga yaqindan aloqador yo’nalishda faoliyat olib borayotgan mutaxassislarga tadqiqot olib borishlari uchun grant taklif qilmoqda. Ushbu grant dasturi ultratovush tibbiyotiga doir tadqiqot olib borishni xohlovchi talabalarga ajratiladi. KSUM jamiyati bu grant orqali shifokorlarni ultratovush tibbiyoti bilan chuqurroq tanishtirish va bu jarayonda ularni moddiy jihatdan ham qo’llab-quvvatlashni maqsad qilgan.

Dastur ikki hafta davom etadi va u trening va/yoki tadqiqot mashg’ulotlarini o’z ichiga oladi. Mashg’ulotlar Janubiy Koreyadagi Ultratovush tibbiyoti yo’nalishi mavjud OTMlarida bo’lib o’tadi.

2019-yilgi qabul uchun ajratilgan grantlar soni – 10 tagacha.

Grant kimlar uchun?

Ultratovush yo’nalishidagi tibbiyot mutaxassislari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan qatnashchi ikki hatfalik trening uchun 2000 AQSh dollari miqdorida moddiy yordam oladi. Bu mablag’ oziq-ovqat, yo’l xarajatlari va boshqa asosiy xarajatlar uchun beriladi. Qatnashchilar turar joy masalalarini o’zlari hal qilishlari kerak bo’ladi.

Talablar:

Barcha nomzodlar quyidagi talablarga mos bo’lishlari kerak:

  1. Nomzodning yoshi 40 dan katta bo’lmasligi kerak.
  2. Nomzodlarultratovush tibbiyoti sohasida tahsil olgan va yetarlicha bilim va ko’nikmalarga ega mutaxassislar bo’lishlari kerak.
  3. Nomzod ingliz yoki koreys tilini a’lo darajada bilishi kerak.
  4. KSUMning xalqaro tadbirlarida qatnashgan yoki unga a’zolik qilayotgan nomzodlarga ustunlik beriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant sizni qiziqtirsa va dastur uchun hujjat topshirmoqchi bo’lsangiz, ariza sifatida quyidagilarni taqdim eting:

  1. Bitta tavsiyanoma. Bu tavsiyanomani mahalliy ultratovush tibbiyoti markazining direktori berishi kerak.
  2. CV.
  3. Ariza.
  4. Tibbiy ma’lumotnoma.
  5. Yozma garov (written pledge).
  6. Passport nusxasi.
  7. Universitet diplomi.

Hujjat topshirish uchun avval arizani office@ultrasound.or.kr elektron manziliga jo’nating, so’ng qolgan hujjatlarni ham elektron pochta orqali aynan shu manzilga jo’nating.

Eslatmalar

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!