Koreyada joylashgan Kyungpook National University (KNU) tomonida taqdim etiladigan KNU International Graduate Scholarship(KINGS) grant dasturiga 2021-yilgi kurslar uchun arizalar qabuli yaqinlashmoqda. Ushbu grantlar KNU magistratura va doktorantura kurslariga o’qishga qabul qilingan eng a’lochi va umidli talabalarga beriladi. Dastur doirasida har semestr 70tagacha talabaga grant berilishi rejalashtirilgan.
Grant kimlar uchun?
Magistratura va doktoranturada o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
KINGS grantini yutib olgan talabaning o’qish to’lovi 100% qoplab beriladi. Grant har semestr yangilab turiladi va grant keyingi semestr ham berilishi talabaning ko’rsatkichlariga bog’liq bo’ladi. Grantlar magistratura kurslariga ham, doktorantura kurslariga ham 2 yilgacha muddat mobaynida to’lab beriladi. Universitetda o’qitiladigan, 4 yillik magistratura+doktorantura kursiga grant yutib olgan talabalarga moddiy ta’minot 4 yilgacha muddat davomida beriladi.
Qaysi davlat fuqarolari qatnasha oladi:
Barcha davlat fuqarolariTalablar:
KNU universitetida ko’p sonli magistratura va doktorantura kurslari mavjud va qabul talablari kurs va yo’nalishga qarab bir-biridan farq qiladi. O’qishga qabul uchun umumiy talablar quyidagicha:
- Magistratura kursi uchun bakalavr diplomi, doktorantura uchun esa magistratura diplomi talab etiladi. Aksariyat yo’nalishlarda diplom hujjat topshirilayotgan yo’nalishga yaqin sohada bo’lishi kerak.
- Nomzodning baholari o’rtachadan yuqori bo’lishi kerak. KINGS grantlari esa eng yuqori baholarga o’qigan talabalargagina beriladi.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. O’qishga qabul qilinish uchun kamida IELTS 5.5 yoki TOEFL IBT 71 (TOEFL PBT 530, TOEFL CBT 197) talab etiladi. Ba’zi yo’nalishlarda ingliz tilini bilishning minimal darajasiga talab boshqalaridan farq qilishi mumkin. Qabul uchun talablarni o’zingizga kerakli kurs sahifasidan topishingiz mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
KINGS grantiga alohida ariza berish talab etilmaydi. Universitetda o’qitiladigan magistratura va doktorantura kurslariga hujjat topshirgan talabalar grant uchun ham nomzodlikka qo’yiladi. O’qishga qabul qilingan talabalardan eng namunalilariga grant ajratiladi.
KNU tomonidan talabalarni grantga saralash uch bosqichda bo’ladi:
- Department Screening – KNU fakultetlarida kursga hujjat topshirgan va qabul qilingan talabalar ichidan eng yuqori ko’rsatkichlarga egalari saralab olinib, KINGS grant dasturi uchun tavsiya etiladi.
- Nechta talabaga grant berilishi tasdiqlanadi.
- KINGS granti sohiblari tasdiqlanadi.
KNU kurslariga arizalar 2020-yil 1-noyabrgacha qabul qilinadi. Qabul uchun bu yerda ariza berish mumkin bo’ladi. Ma’lumot uchun admission@knu.ac.kr manziliga murojaat qiling.