Janubiy Koreyaning The Korean Society of Ultrasound in Medicine (KSUM) jamiyati 2020-yil uchun KSUM Fellowship trening dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Tashkilot ultratovushning tibbiyotdagi oʻrniga yoʻnaltirilgan jamiyati boʻlib, 1980-yilda asos solinganidan beri ultratovushning qoʻllanilishini oʻrganib keladi. Grant dasturi ultratovush tibbiyotiga doir tadqiqot olib borishni xohlovchi talabalarga ajratiladi. KSUM jamiyati bu grant orqali shifokorlarni ultratovush tibbiyoti bilan chuqurroq tanishtirish va bu jarayonda ularni moddiy jihatdan ham qoʻllab-quvvatlashni maqsad qilgan.
Dastur ikki hafta davom etadi va u trening va/yoki tadqiqot mashgʻulotlarini oʻz ichiga oladi. Mashgʻulotlar Janubiy Koreyadagi Ultratovush tibbiyoti yoʻnalishi mavjud OTMlarida boʻlib oʻtadi. 2020-yilda 10 nafargacha ishtirokchi bu grantda qatnashishi mumkin.
Grant kimlar uchun?
Ultratovush (UZD) boʻyicha tibbiyot mutaxassislari uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan qatnashchi ikki hatfalik trening uchun 2000 AQSh dollari miqdorida moddiy yordam oladi. Bu mablagʻ oziq-ovqat, yoʻl xarajatlari va boshqa asosiy xarajatlar uchun beriladi.
Qatnashchilar turar joy xarajatlarini oʻzlari qoplashlari kerak boʻladi.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
- Nomzodning yoshi 40 dan katta boʻlmasligi kerak.
- Nomzodlarultratovush tibbiyoti sohasida tahsil olgan va yetarlicha bilim va koʻnikmalarga ega mutaxassislar boʻlishlari kerak.
- Nomzod ingliz yoki koreys tilini a’lo darajada bilishi kerak.
- KSUMning xalqaro tadbirlarida qatnashgan yoki unga a’zolik qilayotgan nomzodlarga ustunlik beriladi.
Barcha talablar: shu yerda.
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjatlar 2019-yil 31-avgustgacha qabul qilinadi.
Hujjatlar tarkibi quyidagicha:
- Bitta tavsiyanoma. Bu tavsiyanomani mahalliy ultratovush tibbiyoti markazining direktori berishi kerak.
- CV/resume.
- Ariza.
- Tibbiy ma’lumotnoma.
- Yozma garov (written pledge).
- Passport nusxasi.
- Universitet diplomi.
Hujjat topshirish uchun avval arizani office@ultrasound.or.kr elektron manziliga joʻnating, soʻng qolgan hujjatlarni ham elektron pochta orqali aynan shu manzilga joʻnatasiz. Hujjatlar tarkibi haqida barcha ma’lumot: shu yerda.
Bogʻlanish uchun: office@ultrasound.or.kr