O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalari agentligi Janubiy Koreya universitetlarida fan va texnologiya sohalari bo‘yicha 2018 – 2019-yillarda doktorontura (PhD)da tahsil olish uchun tanlov e’lon qiladi. Dasturning asosiy maqsadi respublikadagi yosh olimlarning ilmiy salohiyati oshirishga yordam berish va tanlagan mavzularini chuqur o‘rgangan holda ularni Janubiy Koreyaning nufuzli ilmiy-tadqiqot markazlarida himoya qilim imkonyatini taqdim etishdan iborat.
Grant kimlar uchun?
Magistraturani tugatganlar.
Batafsil ma'lumot uchun link
Topshirish talab etiladigan xujjatlar:
Anketa (CV); Mativatsiya xati; Diplom; Tavsiyanoma (rektor, dekan, yoki ilmiy rahbardan); IELTS sertifikati (6 baldan kam bo‘lmasligi kerak); Hujjatlar ingliz tilida tayyorlanishi lozim.Hujjatlar joriy yilning 24-noyabrga qadar Respublika Fan va texnologiyalari agentligida qabul qilinadi.
Agentlik manzili: Toshkent shahri, Yahyo G‘ulomov ko‘chasi 70-uy
Sizni qiziqtirgan savollar va qo‘shimcha ma’lumotlarni (71) 233-24-29 telefon raqami yoki sh.mamatkulov@uzscienece.uz elektron manzili orqali bilib olishingiz mumkin.