Amerika Qoʻshma Shtatlarining JASNA (Jane Austen Society of North America) tashkiloti oʻzining har yili oʻtkaziladigan insholar tanloviga ishlar qabul qilmoqda. Ushbu tanlovdan maqsad – Jeyn Ostenning hayoti va ijodining yoshlar tomonidan oʻrganilishini ragʻbatlantirish.
Ushbu tanlov uch kategoriya qatnashchilari uchun moʻljallangan:
- 1-kategoriya: Maktabning yuqori sinf oʻquvchilari hamda kollej/litsey oʻquvchilari.
- 2-kategoriya: Institut va universitetda bakalavr bosqichida oʻqiyotganlar.
- 3-kategoriya: Magistratura va doktorantura talabalari.
Insho mavzusi. Bu yilgi insho mavzusi quyidagicha: Resolved: That Jane Austen’s novels are still relevant and speak to us after 200 years.
Inshoda mavzuga oid nimalarni muhokama qilish va yoritib berish uchun alohida talablar belgilangan. Insho mavzusi va muhokama talablari bilan BU YERDA batafsil tanishing (“2024 Contest Topic” boʻlimi).
Insholar ingliz tilida yozilishi lozim.
Avvalgi tanlovlarda gʻolib boʻlgan insholarni BU YERDA oʻqishingiz mumkin.
Grant kimlar uchun?
Maktabdagi yuqori sinf oʻquvchilari, kollej/litsey oʻquvchilari, bakalavriat, magistratura va doktorantura talabalari uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Har bir kategoriya boʻyicha 1-3-oʻrinlar (jami 9 nafar sovrindor) quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:
- 1-oʻrin: 1000 AQSH dollari.
- 2-oʻrin: 500 AQSH dollari.
- 3-oʻrin: 250 AQSH dollari.
- Barcha sovrindorlar JASNA tizimiga 1 yillik bepul obunani qoʻlga kiritadi.
- Barcha sovrindorlar Norton Critical Editions nashriyoti tomonidan nashr qilingan Jeyn Ostin romanlari toʻplami bilan taqdirlanadi.
- Gʻolib insholar tanlov veb-saytida chop etiladi.
- 1-oʻrin sohiblari JASNA tashkilotining yillik uchrashuvida bepul qatnashish imkoniga ega boʻladi. Bunda gʻoliblarning 2 kunlik turar joy xarajatlari ham tashkilot tomonidan qoplanadi. Lekin borish va kelish xarajatlarini gʻoliblarning oʻzlari qoplashi lozim. Ushbu uchrashuv 2024-yil 18-20-oktabr kunlari AQSHning Klivlend shahrida boʻlib oʻtadi.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Istalgan davlat fuqarolari qatnashishi mumkin.
- Nomzod maktabning yuqori sinfida, kollej/litseyda, bakalavriat, magistratura yoki doktoranturada oʻqiyotgan boʻlishi kerak.
- Nomzod JASNA kutubxonasiga a’zo boʻlgan boʻlishi shart emas.
- Insholar oldin hech qayerda chop etilmagan boʻlishi kerak.
- Inshoda muallifning ism-familiyasi boʻlmasligi lozim. Muallif haqidagi maʼlumotlar onlayn ariza shakliga kiritiladi.
Insholar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- Ingliz tilida yozilishi kerak.
- 6-8 sahifa boʻlishi kerak (iqtiboslarni hisobga olmagan holda).
- Inshoning birinchi sahifasi tepasida insho mavzusi boʻlishi kerak va keyingi sahifalar tepa oʻng qismida sahifa raqamlari qoʻyilishi kerak. Shuningdek, insho muallifi ismi inshoda ishlatilmasligi kerak.
- Insho MLA formatida boʻlishi kerak. Yaʼni 2 interval, 12 shriftda yozilishi, sahifaning barcha tarafida 1 dyumlik masofa qoldirgan holda yozilishi kerak. Shuningdek insho qavsli iqtiboslar adabiyotlar roʻyxatini ham oʻz ichiga olishi kerak.
- Insholar MS Word fayliga yozilgan holda arizaga ilova qilinishi kerak.
- Ariza shaklida muallif mentori (ustozi) haqida maʼlumot kiritishi ham mumkin (lekin bu majburiy emas).
Inshoga qoʻyilgan talablar bilan BU YERDA batafsil tanishing.
Dasturga qabul jarayoni:
Insholar 2024-yil 1-iyungacha qabul qilinadi. Tanlovda qatnashish uchun BU YERDAGI onlayn arizani toʻldirib, unga inshoni yuklagan holda topshirish lozim. Ariza shakli topshirilganda emailingizga ariza qabul qilinganligi haqida tasdiq xabari keladi.
MUHIM: Tanlovda qatnashishga kirishishdan oldin tanlov qoidalari va savol-javoblar sahifasini oʻqib chiqing.
Savollar yuzasidan masʼul xodim Meg Levinga essay-contest@jasna.org elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingiz mumkin. Email orqali murojaat qilganda elektron xabar mavzusiga “JASNA Essay Contest” deb yozilishi kerak.