×

Jeonbuk University: magistratura kurslarini Janubiy Koreyada bepul o’qish imkoniyati!


Grant

MUHLAT

20.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Janubiy Koreya

O'QILGAN

3394 marta

Janubiy Koreyada joylashgan Jeonbuk National University tomonidan taqdim etiladigan Graduate New Students Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar Jeonbuk universiteti magistratura kurslarida o’qish uchun beriladi. Kurslar ro’yxati

Grant kimlar uchun?

Magistratura kurslarida o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantlar nomzodning baholari va boshqa ko’rsatkichlariga asosan belgilanadi va kontrakt to’lovining 25% qismiga teng miqdordan, to’lovni butunlay qoplaydigan miqdorgacha bo’lishi mumkin. Grantni har yili olish uchun talabaning baholari 4 balli GPA tizimida 3,63 balldan pasayib ketmasligi kerak. Grantlar til sertifikati, baholar va insholarga asosan belgilanadi.

Jeonbuk Universitetida o’qish to’lovi bir semestr uchun taxminan 2426 – 4400 AQSh dollari atrofida. Batafsil bu yerda.

Talablar:

  • Xorijlik sifatida hujjat topshirish uchun nomzodning otasi va onasi Janubiy Korea fuqarosi bo’lmasligi kerak. 
  • Nomzod bakalavr kursini tamomlagan bo’lishi kerak.
  • Baholari yaxshi yoki yuqori bo’lishi zarur.
  • Nomzod Jeonbuk universiteti magistratura kursiga hujjat topshirishi kerak.
  • Nomzod o’zi tanlagan kurs qaysi tilda o’qitilsa, shu tilni yaxshi bilishi kerak (ingliz yoki koreys). Koreys tili uchun kamida TOPIK 3, ingliz til uchun esa kamida TOEFL iBT 71, IELTS 5,5 kabi sertifikatlar talab qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Magistratura kurslariga arizalar 20-noyabrgacha qabul qilinadi. Arizalar avvaliga onlayn tarzda to’ldiriladi. Keyin hujjatlar pochta orqali universitetga yuboriladi. Onlayn ariza 20-noyabrgacha qabul qilinsa ham, 23-noyabrgacha yetib kelgan hujjatlar ham qabul qilinadi. Hujjat topshirish uchun http://jinhakapply.com veb saytida onlayn ariza topshirish zarur. Ariza to’ldirilgach, kerakli hujjatlarga qo’shib ushbu manzilga yuboriladi:

Teaching department, 3rd floor, New Silk Road Center, 567 Baekjedaero, Deokjin district, Jeonju citu, Jeonbuk. Telefon: 063-270-4382.

Hujjatlar:

  • Ariza
  • Shaxsiy bayonot va o’qish rejasi
  • Diplom va baholar
  • Pasport nusxasi
  • Til sertifikati.

Hujjatlar ko’rib chiqilgach, qabul uchun suhbat bo’ladi.

Yuborilishi kerak bo’lgan boshqa hujjatlar ham mavjud. Ular va boshqa kerakli barcha ma’lumotlar bu yerdagi nizomda ko’rsatilgan (koreys tilida). 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!