×

Xitoy: bakalavr, magistratura va doktorantura uchun to’liq grantlar


Grant

MUHLAT

15.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

4426 marta

Xitoyning Heilongjiang provinsiyasida joylashgan Jiamusi Universitetining talabalar uchun Heilonhjiang Provincial Government Scholarships grant dasturiga doirasidagi grantlarga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitetda o’qitiladigan barcha darajadagi barcha kurslar uchun beriladi. Ushbu dasturdan asosiy maqsad iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash. Universitetda ko’plab yo’nalishlarda bakalavr, magistratura va doktorantura kurslari mavjud. Universitetda o’qitiladigan kurslar haqida batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr, magistratura va doktoranturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Heilongjiang Provincial Government Scholarships grantini yutib olgan talabaga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. Talaba kontrakt to’lovi va boshqa ma’muriy to’lovlardan ozod qilinadi.
  2. Talabaga turar-joy tashkil qilib beriladi.
  3. Talabaga o’quv materiallari, treninglar va shu kabi o’qish xarajatlari uchun mablag’ ajratiladi.
  4. Talabaning salomatligi sug’urta qilinadi.

Talaba yashash va safar xarajatlarini o’zi qoplashi kerak.

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Bakalavr bosqichiga hujjat topshirayotgan nomzodning yoshi 25 dan oshmagan bo’lishi kerak va maktabda olgan baholari a’lo bo’lishi zarur.
  2. Magistratura bosqichiga hujjat topshirayotgan nomzodning yoshi 35 dan oshmagan bo’lishi kerak va bakalavr kursida olgan baholati yaxshi yoki a’lo bo’lishi zarur.
  3. Doktoranturaga hujjat topshirayotgan nomzodning yoshi 40 dan oshmagan bo’lishi kerak va magistratura kursida olgan baholari yaxshi yoki a’lo bo’lishi zarur.
  4. Nomzod ingliz yoki Xitoy tilini yaxshi bilishi kerak.
  5. Nomzod Xitoy fuqarosi bo’lishi yoki Jiamusi Universitetiga hujjat topshirayotgan vaqtida Xitoyda o’qiyotgan bo’lishi mumkin emas.

Dasturga qabul jarayoni:

Kursga va grantga hujjatlar pochta orqali 2019-yil 15-aprelga qadar quyidagi manzilga yuborilishi kerak:

The Admission Office 209 of International Education College of JU,No.188 Xuefu Street, Jiamusi City, Heilongjiang Province, China.

Pochta indeksi: 154007   

Kerakli hujjatlar:

  1. Ariza.
  2. Diplom va baholar ingliz yoki xitoy tilidagi tarjimalari bilan (bakalavr kursiga hujjat topshirayotganlar maktab attestati, magistraturaga hujjat topshirayotganlar bakalavr diplomi hamda magistraturaga hujjat topshirayotganlar magistratura diplomi hamda baholarini taqdim etishlari kerak).
  3. O’qish yoki tadqiqot rejasi.
  4. Ikkita tavsiyanoma.
  5. Tibbiy ma’lumotnoma.
  6. Passport nusxasi.

Murojaat uchun :

Telefon: 0454-8603918

Faks: 0086-454-8603918

Email: jmsuadmission@163.com

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!