Malayziya hukumati tashabbusi bilan tashkil etilgan Volunteering for International Professionals (VIP) Fellowship Programme volontyorlik dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur maqsadi – o’z bilimi va tajribasini Janubi-Sharq Osiyo mamlakatlari bilan bo’lishadigan professionallarni birlashtirish. Dastur Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlarida ekosistemani yaxshilashga ko’maklashuvchi nohukumat tashkilotlarni tashkil etish va ularning jamiyatdagi o’rnini oshirish. Volontyorlar ushbu tashkilotlarni faoliyatini yaxshilashga yordam ko’rsatadilar.
Volontyorlik dasturi 4 oy davom etadi. Volontyor turli mamlakatardan kelgan 4 nafar boshqa volontyorlar bilan birgalikda Janubi-Sharqiy Oiyo davlatlaridan birida (Malayziya, Tainland, Vetnam, Indoneziya, Singapur, Filippin, Myanma, Kambodja, Bruney va Laos) dastur doiraida faoliyat olib boradi.
Grant kimlar uchun?
18 yoshdan oshgan barcha uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Volontyorlar quyidagi iqtiodiy imkoniyatlar bilan ta’minlanadi:
- Borish va qaytish aviachiptalari bilan ta’minlanadi.
- Viza olish uchun ketadigan xarajatlar to’lab beriladi.
- Turar joy bilan ta’minlanadi.
- Har oylik ih haqi to’lanadi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi lozim:
- Nomzod 3-5 yillik ish tajribai yoki volontyorlik tajribasiga ega bo’lishi kerak.
- Nomzod kamida bakalavrlik diplomiga ega bo’lishi kerak.
- Nomzod ingliz tilida qiyinchiliksiz muloqot qila olishi kerak (yozma va og’zaki).
- Dastur boshidan oxirigacha qatnasha olishi kerak (16 hafta).
- Aholi bilan ishlashga ishtiyoqi bo’lishi kerak.
- Volontyor datur tugagach o’z davlatiga qaytib ketishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Nomzod ushbu dasturda qatnahishi uchun onlayn tarzda ro’yxatdan o’tishi va ariza topshirishi kerak. Onlayn ariza topshirishda nomzoddan arizaga CV va motivatsion xat yoki motivatsiion xat o’rniga motivatsion video topshirishi kerak bo’ladi.
Hujjat tophirish bosqichidan o’tganlarga email orqali xabar qilinadi va ular Skype orqali intervyudan otishadi (ingliz tilida). Intervyudan ham muvaffaqiyatli o’tganlar dasturga qabul qilinadi.
Eslatma: Onlayn ariza topshirish hali boshlanmagan. Ariza topshirish 2018-yilning 16-iyunida boshlanadi va shu yilning 16-iyuligacha davom etadi.