×

Jurnalistlar uchun Young Journalist Award tanlovi: eng yaxshi ishlaringiz bilan ishtirok eting va Londonga sayohat qiling!


Grant

MUHLAT

14.08.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1774 marta

Buyuk Britaniyaning Foreign Press Association (FPA) fondi va the Thomson Foundation fondi hamkorligida tashkil etib kelinadigan Young Journalist Award mukofoti uchun tanlovga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu tanlovning dunyoning ma’lum rivojlanayotgan davlatlaridan bo’lgan jurnalistlar uchun mo’ljallangan. Tanlov jamiyatdagi muhim masalalarni o’z maqola, reportaj va boshqa ishlari orqali yoritib, jamiyatda ijobiy o’zgarishlarga sababchi bo’layotgan jurnalistlarni e’tirof etish va ularni jahonga tanitish maqsadida tashkil etilgan. Tanlov 7 yildan beri o’tkazib kelinadi. O’tgan yilgi tanlovlarda Young Journalist Award mukofoti bilan taqdirlangan jurnalistlar va ular yoritgan mavzular bilan tanishish uchun bu yerga bosing.

Grant kimlar uchun?

Jurnalistlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

2020-yil noyabr oyida Buyuk Britaniyada (London) gala taqdirlash marosimi bo’lib o’tadi. Unga tanlovning 3 nafar eng yaxshi ishtirokchilari taklif qilinadilar. bu yilgi tanlovning asosiy g’olibi ham shu marosimda e’lon qilinadi.

Agar 2020-yil noyabr oyigacha Buyuk Britaniyadagi COVID-19 sharoiti yaxshilanmasa, g’oliblar Buyuk Britaniyaga borolmasliklari va taqdirlash marosimi onlayn tarzda bo’lishi mumkin.

Talablar:

  • Nomzodning yoshi 2020-yil 23-noyabr hisobida 30 yosh yoki undan kichik bo’lishi kerak.
  • Nomzod 2019-yil avgust oyidan boshlab 2020-yil 14-avgustgacha e’lon qilingan ishlaridan 3 tasini arizasiga qo’shib taqdim etishi kerak (bu ishlar to’plami “portfolio” deyiladi). Bunda gazeta yoki jurnallarda chop etilgan maqolalar, audio yoki video ko’rinishidagi reportaj va podkastlarni taqdim etish mumkin. Taqdim etilgan ishlar video, matn, audio, multimediya ko’rinishida yoki shularning barchasining jamlanmasi bo’lishi mumkin.
  • Tanlovga istalgan tildagi ishlar qabul qilinadi, ammo ingliz tilidagi tarjimasi ham taqdim etilishi kerak.
  • Tanlovga taqdim etilgan portfolio tarkibidagi ishlarning chindan ham e’lon qilinganini (efirga uzatilgani, chop etilgani va hkz.) tasdiqlash maqsadida ular e’lon qilingan nashriyot, kanal, radio yoki shu kabilarning muharriridan olingan ma’lumotnoma ham talab etiladi. Masalan, ma’lum gazetada chop etilgan maqola arizaga qo’shib taqdim etilsa, shu maqola chop etilgan gazeta yoki jurnal muharriridan shu maqola chindan shu yerda chop etilganini tasdiqlovchi ma’lumotnoma olinadi. Ma’lumotnoma ariza beruvchining ishlari bilan yaxshi tanish bo’lgan boshqa shaxs berishi ham mumkin. Bu haqida batafsil
  • Agar nomzod jurnalist ma’lum mavzu yoki masalani yoritib tayyorlagan maqola, reportaj yoki boshqa ko’rinishdagi ishida ma’lum shaxslar yoki tashkilotlar bilan hamkorlik qilgan bo’lsa, buni ko’rsatib o’tish kerak.
  • Taqdim etilgan barcha ishlar plagiarizmga qarshi tekshiriladi. Agar ishingiz boshqa muallifning ishidan ko’chirilgan bo’lsa, buni aniqlashadi va sizni tanlovdan chetlashtirishadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2020-yil 14-avgustgacha qabul qilinadi. Ariza topshirish uchun bu yerga bosing.

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzod o’zining eng yaxshi ishlaridan 3 tasini yuborishi kerak (portfolio). Portfolio uchun topshiriladigan ishlar, ariza va shu kabi barcha ma’lumotlar onlayn ariza shakli orqali topshiriladi. Faqat nomzodning ishlari chindan e’lon qilinganini tasdiqlovchi ma’lumotnomalarnigina elektron pochta orqali awardfpa@thomsonfoundation.org manziliga yuborish kerak. Lekin boshqa ma’lumotlarning barchasini onlayn ariza shakliga kiritish kerak. Elektron pochta orqali ariza yuborsangiz, arizangiz qabul qilinmaydi.  Ariza topshirishdan oldin tanlov birinchi marta o’tkazilgan 2013-yildan 2019-yilgacha har yilgi tanlov g’oliblari va ular tayyorlagan ishlarni bilan tanishib chiqish juda foydali bo’ladi.

Agar savollaringiz bo’lsa, yoki boshqa masalada murojaat qilmoqchi bo’lsangiz, awardfpa@thomsonfoundation.org elektron manziliga xabar yo’llashingiz mumkin.

 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!