×

Kanada: Bakalavr va magistratura kurslari uchun 7 457 AQSh dollari stipendiya; joy – 5 ta!


Grant

MUHLAT

01.04.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Kanada

O'QILGAN

2435 marta

Kanadaning University of the Fraser Valley (UFV) universiteti 2020-yilning kuzida bakalavr va magistratura bosqichida oʻqishni boshlaydigan xorijlik talabalariga International Excellence Entrance Scholarship grant dasturini taklif qilmoqda. Grant dasturidan maqsad favqulodda iqtidorli, yuqori potensialli talabalarni ragʻbatlantirish va moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash. Dastur doirasida har yili besh nafar eng iqtidorli talabaga grant ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Talablar:

Grantning manfaatli jihatlari

Dastur doirasida grant yutib olgan har bir talabaga 10 000 CAD (taxminan 7 457 AQSh dollari) miqdoridagi mablagʻ ajratiladi.

Universitetda oʻqish uchun sarflanadigan xarajatlar bilan shu yerda batafsil tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod Kanada fuqarosi boʻlmasligi kerak.
  2. Nomzod kamida yuqori maktab attestatiga ega boʻlishi kerak.
  3. Ariza topshirish muddati tugaguniga qadar nomzod FVU universitetining bakalavr/ magistratura kurslaridan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi/qabul qilinishi kerak.
  4. Oʻqishini boshqa oliygohdan koʻchirayotgan yoki qisqa muddatli kurslarda oʻqiyotgan talabalar daturga ariza bera olishmaydi.
  5. Nomzod a’lochi boʻlishi kerak.
  6. Nomzodning GPA koʻrsatkichi kamida 3.5/4.0 boʻlishi zarur.
  7. Nomzod oʻzida kuchli iqtidor va potensial namoyon etishi kerak.
  8. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Nomzodga qoʻyilgan talablar shu yerda.

Oliygohning 2020-yil kuzda boshlanadigan kurslari uchun grant dasturiga hujjatlarning barchasi shu yilning 1-apreliga qadar topshirilishi kerak. Buning uchun shu yer orqali onlayn ariza toʻldirilishi zarur.

Kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn ariza.
  2. Maktab shahodatnomasi/bakalavr diplomi (tanlangan bosqichga qarab).
  3. Baholar/diplom ilovasi (ingliz tilidagi tarjimasi bilan);
  4. Ingliz tili sertifikati (IELTS 6.5, har bir boʻlimdan kamida 6.0 ball/TOEFL iBT 88, har bir boʻlimdan kamida 20 ball).
  5. Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlov (bakalavr uchun taxminan 110, magistratura uchun 185 AQSh dollari).

Grant dasturiga hujjat topshirish uchun toʻldirilgan ariza shakli, ikkita tavsiyanoma va nomzodning darsdan tashqari mashgʻulotlar, hamkorlik dasturlaridagi ishtiroki haqidagi hujjatlar bilan birga international@ufv.ca  elektron pochta manziliga yuborilishi kerak. Arizalar 2020-yil 1-aprelgacha qabul qilinadi.

Natijalar aprel oyi oxirida eʼlon qilinadi.

Grant haqidagi toʻliq ma’lumotni unversitetning rasmiy saytidan olishingiz va savollar bilan quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin:

Tel: 1-604-854-4544

E-mail: international@ufv.ca

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!