Kanadaning Manitoba shahrida joylashgan The University of Winnipeg 2020-21-oʻquv yilida President’s Scholarship for World Leaders (for International Students) dasturiga arizalar qabulini eʼlon qildi. Grant 2020-yildan birinchi kursga oʻqishga qabul qilingan barcha talabalarga bir yil муддатga beriladi. Grant universitet bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida oʻqishni xohlagan 53 nafar talabalarni ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan. Grantga nomzod aʼlochi, ilmiy salohiyalti, tadqiqotchilikka qiziquvchi va intiluvchan boʻlishi talab qilinadi.
Grant kimlar uchun?
Barcha bosqichlarda oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Chet ellik talaba The University of Winnipeg da oʻqish kontrakti tanlangan kurs va bosqichga qarab farq qiladi. Batafsil: shu yerda ma’lumot berilgan.
Grant yutib olgan nomzodga kontrakt toʻlovi uchun 5 000 CAD (taxminan 3 800 USD) moliyaviy yordam beriladi.
Grant oʻqish pulini qisman qoplaydi. Nomzodning turar joy, ovqatlanish, sugʻurt va boshqa qoʻshimcha xarajatlarini talabaning oʻzi toʻlashi kerak.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlar fuqarolari bu grantga ariza bera oladi.
- Nomzod universitetga 2020-yildan 1-kursga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
- Grantga ariza topshirgan nomzod kamida 80% ijobiy bahoga ega boʻlishi kerak.
- Nomzodning tegishli darajadagi attestat, diplom, bakalavr yoki magistr diplomi boʻlishi lozim.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Ingliz tilini qanday darajada yaxgi bilish kerakligi tanlangan yoʻnalish boʻyicha farq qiladi. Shuning uchun ingliz tili talablarini kursning sahifasidan aniqlash kerak. Odatda kamida IELTS 6.5 boʻlishi talab qilinadi.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant universitetning bakalavr, magistratura va doktorantura kursida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi oʻzi tanlagan kursga ariza berishi kerak. Undan keyin esa grantga ariza topshiriladi.
Oʻqishga kirish uchun ariza bilan hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:
- Dastlab, universitet sahifasidan kerakli kursni qidirib toping. Barcha bosqich kurslari:
- Roʻyxatdan kerakli bosqich va kursni tanlang
- Kirish talablari bilan tanishing.
- Ingliz tili talablarini ham koʻrib chiqing. Universitet uchun eng kamida IELTS 6,5 talab qilinadi.
- Qaysi davlat fuqarosi ekanligiga qarab, ma’lumotga egalik hujjatlari farq qiladi. Oʻzbekiston uchun 9 yillik maktab attestati va 3 qillik kollej/litsey diplomi talab qilinadi.
- Arizani toʻldiring va kerakli hujjatlar bilan birga topshiring.
Kerakli hujjatlar:
- Ariza onlayn tarzda topshiriladi.
- Ariza uchun 120 CAD (taxmiman 91 USD) toʻlov toʻlash kerak.
- Attestat/diplom va diplom ilovasi nusxasi.
- GPA 4,0 dan kamida 3,0-3,5 (bu oʻzlashtirish koʻrsatkichi, yaʼni baholar. Odatda GPA 4,0 ballik tizimda baholanadi. Demak, baholarni shu boʻyicha hisoblash kerak. Masalan, GPA 3,0 boʻlsa, diplom ilovasidagi baho 100 dan 75 boʻlishi lozim).
- Ingliz tili sertifikati. Odatda IELTS kamida 6,5 boʻlishi talab qilinadi.
- Hujjat topshirayotgan kursga qarab SAT/ACT/LSAT/GRE/GMAT kabi qoʻshimcha sertifikatlar soʻralishi mumkin.
- Magistratura va doktoranturaga research proposal yoki taqdiqot loyihasi talab qilinadi.
- Motivatsion xat (agar talab qilinsa).
- CV/rezyume.
- Moliyaviy taʼminlanganlik haqida maʼlumotnoma. Kontrakt toʻlash uchun talab moliyaviy taʼminlangan boʻlishi kerak. Shu sababli oʻqishga kirishda bank hisob raqamida yetarli mablagʻ bor-yoʻqligi tekshiriladi.
- Pasport nusxasi (rangli fotonusxa yoki skaner nusxa topshiriladi).
Grantga ariza topshirish. Application formni toʻldirib, quyidagi hujjatlar bilan topshirish kerak:
- 250-500 ta soʻzgacha shaxsiy ariza.
- CV/Rezyume.
- Ijtimoy faollik va volontyerlik haqida yozilgan ikkita tazvsiyanoma.
Hujjatlarni 2020-yil 1-iyungacha quyidagi manzilga joʻnating:
Awards and Financial Aid
The University of Winnipeg
515 Portage Avenue
Winnipeg, Manitoba R3B 2E9
Tanlagan yoʻnalish va kursga qarab hujjatlar tarkibi farq qilishi mumkin. Shuningdek, yana boshqa qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin. Shuning uchun hujjat topshirish jarayonida tanlagan kursingi sahifasida koʻrsatilgan kontaktlardan hujjatlar tarkibini yana bir marta aniqlab oling. Oʻqishga kirish uchun dedlayn muddati ham turlicha. Kerakli hujjatlar tarkibi, dedlayn haqida umumiy maʼlumot: shu yerda.
Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:
- akademik yutuqlari;
- oʻzlashtirish koʻrsatkichi;
- shaxsiy va kasbiy faoliyatda muvaffaqiyatlarga erishganligini tasdiqlovchi mukofotlar va hujjatlar;
- tadqiqotchilik salohiyati;
- volontyorlik faoliyatida ishtiroki;
- liderligi.
Grant natijalari dedlayn muddatidan keyin tez fursatda oʻqish boshlanguncha eʼlon qilinadi.
Bogʻlanish uchun: shu yerga murojaat qiling.