×

Kanada: Doktoranturada oʻqish uchun 34 370 AQSh dollar grant


Grant

MUHLAT

06.09.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Kanada

O'QILGAN

1482 marta

Kanadaning Vankuver shahrida joylashgan The University of British Columbia Vanier Scholarship dasturiga arizalar qabulini eʼlon qildi. Grant universitet tarkibidagi The Faculty of Graduate and Postdoctoral Studies doktorantura bosqichi tadqiqotchilariga uch yilgacha beriladi. Grant lider, a’lochi, tashabbuskor va ilmiy salohiyatli izlanuvchilarni ragʻbatlantirish uchun tashkil etilgan. Grantga nomzod social sciences, humanities, natural sciences, engineering, va health-related sohalariga hujjat topshirgan boʻlishi kerak.

Grant kimlar uchun?

Doktoranturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba The University of British Columbia da oʻqish uchun turlicha haq toʻlaydi. Har bir dasturga 3-18 ta minimal toʻlov amalga oshiriladi. Umumiy kontrakt summasi minimal badallarni qoʻshganda kelib chiqadi. Batafsil: shu yerda tanishing.

Grant yutib olgan nomzodga uch yilgahar yil uchun50 000 CAD (taxminan 34 370 AQSH dollari)dan stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari bu grantga ariza bera oladi.
  2. Universitetga 2019-yil kuzdan oʻqishga qabul qilingan nomzodlar ushbu grantga ariza topshirishlari mumkin.
  3. Grantga ariza topshirgan nomzod doktorantura kursi talablariga mos boʻlishi lozim.
  4. Nomzodning tegishli darajadagi bakalavr/magistr diplomi boʻlishi lozim.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Ingliz tilini qanday darajada yaxshi bilish kerakligi tanlangan yoʻnalish boʻyicha farq qiladi. Shuning uchun ingliz tili talablarini kursning sahifasidan aniqlash kerak. Odatda kamida IELTS 6.5 boʻlishi talab qilinadi.
  6. Nomzod Kanada viza talablariga mos boʻlishi talab qilinadi.
  7. Tri-Agency grantini olgan/olayotgan nomzodlar bu grantga ariza bera olmaydi.

Grant talablari: shu yerda va shu yerda toʻliq bayon etilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning doktorantura kursida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi oʻzi tanlagan kursga ariza berishi kerak. Undan keyin esa grantga ariza topshiriladi. Grantga arizalar 2019-yil 6-sentabrgacha qabul qilinadi.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Avval oʻqishga kirish uchun ariza bilan hujjat topshiriladi. Buning uchun quyida berilgan kampuslardan oʻz sohangiz boʻyicha tegishli kursni tanlash kerak.
  1. Keyin esa oʻqishga kirsh uchun ariza toʻldiriladi.
  2. Grantga ariza berish. Hujjat topshirishdan avval yoʻriqnomani batafsil oʻqib chiqing.
  3. Soʻngra grantga ariza shakli toʻldiriladi. Shaklni ResearchNet onlayn tizimi orqali toʻldirish lozim.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  1. Ariza.
  2. Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilovasi nusxasi.
  3. Ingliz tili sertifikati. Odatda IELTS kamida 6,5 boʻlishi talab qilinadi.
  4. Hujjat topshirayotgan kursga qarab SAT/ACT/LSAT/GRE/GMAT kabi qoʻshimcha sertifikatlar soʻralishi mumkin.
  5. Research proposal yoki taqdiqot loyihasi talab qilinadi.
  6. 2 ta tavsiyanoma.
  7. 2 ta leadership reference letters.
  8. Motivatsion xat (agar lozim boʻlsa).
  9. CV/rezyume.
  10. Pasport nusxasi (rangli fotonusxa yoki skaner nusxa topshiriladi).

Grantga hujjat topshirish va hujjatlarga qoʻyilgan talablat haqida batafsil: shu yerda tanishing.

Tanlangan yoʻnalish va kursga qarab hujjatlar tarkibi farq qilishi mumkin. Qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin. Oʻqishga kirish uchun dedlayn muddati ham turlicha boʻlishi mumkin. Shuning uchun hujjat topshirish jarayonida tanlangan kurs sahifasida koʻrsatilgan kontaktlardan hujjatlar tarkibini yana bir marta aniqlash lozim.

Nomzodlar ilmiy ish va mustaqil tadqiqotchilik, taqdim etilayotgan ilmiy loyihasining sifati, a’lo baholari hamda shaxsiy fazilatlariga asosan saralanadi.

Grant natijalari dedlayndan keyin imkon qadar tez muddat ichida eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: Contact Us

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!