×

Kanada: IT va kompyuter boʻyicha magistraturada oʻqiyotgan talabalara Google kompaniyasida stajirovka dasturi!


Grant

MUHLAT

13.09.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Kanada

O'QILGAN

2565 marta

Google kompaniyasining Kanadaning Waterloo shahrida joylashgan ofisi IT va kompyuter fanlari boʻyicha magistraturada oʻqiyotgan talabalarni Software Developer Intern, MS, Winter 2020 stajirovka dasturida qatnashishga taklif etadi. Dasturda qatnashuvchi nomzod Waterloodagi Google ofisida Software Developer vazifasini bajaradi. Dastur bir yilgacha davom etishi mumkin. Dasturning aniq sanasi tashkilotchi tomonidan ma’lum qilinadi. Nomzod ayni vaqtda kompyuter yoki fanlararo texnika boʻyicha magistratura kursida oʻqiyotgan boʻlishi kerak.

Grant kimlar uchun?

IT va kompyuter fanlari boʻyicha magistraturada oʻqiyotganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etish inkoniyatiga ega boʻlgan nomzodlarning xarajatlari toʻliq yoki qisman qoplanadi.

Oylik maosh yoki stipendiya miqdori Google’s EEO Policy va EEO is the Law ning 11246-sonli tahririga koʻra, sir saqlanadi.

Ammo ayrim norasmiy manbalarga koʻra Google ofisida Software Developer lavozimida ishlaydigan xodimlar oyiga taxminan 6 082 CAD (taxminan 4659 USD) maosh oladi.

Barcha ma’lumot: shu yerda.

Oylik maosh hajmi norasmiy manbadan olingan va rasmiy ma’lumotdan farq qilishi mumkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  2. Nomzod IT sohasi boʻyicha bakalavr diplomiga ega boʻlishi zarur.
  3. Nomzod IT/kompyuter texnologiyalari boʻyicha ish tajribasiga ega boʻlishi lozim.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi va erkin soʻzlasha olishi kerak.
  5. Nomzod C / C ++, Java yoki Python dasturlarida ishlash koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.
  6. Dastur tugaganda nomzod oʻz vataniga qaytib ketishi kerak.
  7. Nomzod ayni vaqtda kompyuter yoki fanlararo texnika boʻyicha magistratura kursida oʻqiyotgan/oʻqigan boʻlishi kerak.
  8. Java, C / C ++, C #, Objective C, Python, JavaScript yoki Go dasturlarida ishlash tajribasiga ega boʻlgan nomzodlarga imtiyoz beriladi.
  9. Algorithms, Architecture, Artificial Intelligence, Compilers, Database, Data Mining, Distributed Systems, Machine Learning, Networking yoki Systems boʻyicha tadqiqotlarda qatnashan nomzodlarga koʻproq imtiyoz beriladi.
  10. Stajirovkadan keyin oʻqishni davom ettiruvchilarga koʻproq imkoniyat beriladi.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

  1. Dasturga hujjatlarni qabul qilish 2019-yil 13-sentabrgacha.
  2. Hujjat topshirishdan avval: barcha talablar bilan batafsil tanishib chiqing.
  3. Hujjat topshirish uchun avval Gmail saytidan account ochish kerak.
  4. Agar ma’lumotlaringiz talablarga javob bersa, Apply yozuvini bosib, ariza toʻldiring.
  5. “Resume Section”ga CV/Resume yuklang.
  6. “Education Section” boʻlimiga diplom va diplom ilovasi hamda ingliz tili sertifikatini yuklang.
  7. Jarayonda biror savol yoki muammo tugʻilsa: shu yerga murojaat qiling.

Ariza toʻldirayotganingizda quyidagi ma’lumotlar soʻraladi (taxminiy):

  • CV/resume.
  • Shaxsiy ma’lumotlar.
  • Bakalavr diplomi va diplom ilovasi.
  • Tillarni qay darajada bilishi haqida ma’lumot.
  • Ish tajribasi.

Nomzodlarni saralash ularning sohaga oid bilim, malaka va koʻnikmalari, kasbiy tajribasi, til bilish darajasi, suhbat kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Savollar yuzasidan: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!