×

Kanada: Magistratura va PhD bosqichida o’qish uchun stipendiya dasturi


Grant

MUHLAT

28.09.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Kanada

O'QILGAN

5163 marta

Kanadada joylashgan Alberta Universiteti (University of Alberta) shu universitetda 2019-yil yanvardan o’qish boshlayotgan talabalar uchun ajratgan grantiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar Medicine&Dentistry fakultetining ilmiy ish (thesis)ga asoslangan magistratura (MSc) va doktorantura (PhD) yo’nalishlari uchun beriladi. Ushbu grant dasturidan maqsad Alberta universitetida o’qishni xohlayotgan umidli tadqiqotchilarga moddiy yengillik yaratish.

Dastur doirasida 10-15 ta grant ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va doktoranturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Alberta Universiteti grantini yutib olgan talabaga 6500 Kanada dollari miqdoridagi stipendiya 2019-yil 1-yanvardan 31-dekabrgacha har oy bo’lib-bo’lib beriladi.

Talablar:

Alberta Universiteti grant dasturiga ariza berayotgan nomzodlar quyidagi talablarga mos bo’lishlari kerak:

  1. Nomzod Alberta Universiteti Medicine&Dentistry fakultetidagi quyidagi kurslardan biriga o’qishga kirgan bo’lishi va o’qishni 2019-yil 1-yanvardan to’liq stavkada boshlashi kerak:
    – Anesthesiology and Pain Medicine
    – Dentistry
    – Laboratory Medicine & Pathology  (faqat Medical Sciences – LMP talabalari uchun)
    – Medical Genetics
    – Obstetrics & Gynecology
    – Ophthalmology & Visual Sciences
    – Pediatrics
    – Radiology & Diagnostic Imaging
  2. Nomzod Medicine&Dentistry fakultetidan boshqa ko’rinishdagi grant yoki boshqa biror manbadan qiymati 13000 AQSh dollari yoki undan ortiq bo’lgan moddiy ta’minot olayotgan bo’lishi mumkin emas.
  3. Talaba bu grant dasturida bir martadan ko’p qatnashishi va bir martadan ko’p yutib olishi mumkin.
  4. Agar talaba to’liq stavkada o’qimay qo’ysa yoki o’qishni tamomlasa, grant ham tugatiladi.

Eslatma: PhD kurslariga kirgan talabalar o’qish boshlangandan keyin 24 oy ichida doktorlik dissertatsiyasini topshirishi va u tasdiqlangandan keyin 6 oy ichida himoya qilishi shart. 2018-yil 1-maydan oldin o’qishga qabul qilingan talabalar bundan mustasno.

Dasturga qabul jarayoni:

Agar grantga hujjat topshirmoqchi bo’lsangiz, arizangizni Office of Research, Faculty of Medicine & Dentistry, University of Alberta, 2-13 HMRC manziliga 2018-yil 28-sentabrdan kechiktirmagan holda yetkazishingiz kerak. Eslatma: pochta hujjatlarni yetkazib borishi uchun bir necha kundan bir necha haftagacha vaqt ketishi mumkinigini hisobga oling.

Ariza va unga qo’shib jo’natiladigan hujjatlar ro’yxati:

  1. Ariza – Arizaning asl nusxasi asl imzo bilan berilishi zarur.
  2. Talabaning shu kungacha olgan barcha baholari – baholarning norasmiy nusxalari taqdim etilsa ham bo’ladi, faqat ularni 8 1/2 x 11 formatiga keltirish kerak.
  3. Alberta universitetidan boshqa joyda olingan baholarga “Weighted Average Calculator Form” (O’rtacha baholarni hisoblash formasi) ilova qilinishi zarur.
  4. Alberta Universiteti tomonidan berilgan baholar (zachetka) ham topshirilishi kerak, xatto unga hali baho qo’yilmagan bo’lsa ham.
  5. Ikkita tavsiyanoma (reference letters). Tavsiyanomalar alohida konvertga solinib, konvert yelimlangan bo’lishi shart. Tavsiya beruvchilar xatlarini fmdgrd@ualberta.ca. Elektron manziliga to’g’ridan-to’g’ri jo’natishlari ham mumkin.

Eslatma: CV, talaba reytingini ko’rsatuvchi xujjat va yuqorida ko’rsatilmagan (lekin qabul jarayoni haqidagi ba’zi hujjatlarda yozilgan) qo’shimcha hujjatlarni topshirish shart emas.

Ma’lumot uchun Medicine&Dentistry fakulteti tadqiqotlar bo’limidan, Jen Freund yoki Hannah Hamilton bilan bog’lanishingiz mumkin: Tel: 780-492-9721; Email: fmdgrd@ualberta.ca.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!