Kanadaning University of Lethbridge oliygohi magistratura yoki Ph.D. bosqichida tahsil olmoqchi bo’lgan xorijlik talabalarga SGS Tuition Scholarship grantlarini e’lon qilmoqda. Grantlar a’lochi, yuqori potensialli, o’z sohasida ilmiy salohiyatini namoyish eta oladigan mahalliy va xorijiy talabalarga taklif etiladi. Dastur quyidagi yo’nalishlarning birida tahsil oladigan nomzodlar uchun mo’ljallangan:
- School of Graduate Studies
- Doctor of Philosophy
- Master of Arts
- Master of Fine Arts
- Master of Music
- Master of Nursing
- Master of Science
- Doctor of Philosophy in Education
Grant kimlar uchun?
Magistratura yoki Ph.D. bosqichida tahsil olmoqchi bo’lganlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan talabalarga yillik 13.000 AQSh dollarigacha bo’lgan miqdordagi mablag’ ajratiladi.
Eslatma: dastur talablari bajarilganida grant keyingi yillarga ham uzaytirilishi mumkin. Dastur g’oliblari bir vaqtning o’zida boshqa stipendiya/mukofot dasturlariga ariza berishlari mumkin.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo’lishi mumkin.
- Nomzod yuqori akademik yutuqlarga erishgan bo’lishi kerak.
- Nomzodning GPA ko’rsatkichi kamida 3.5 ga teng bo’lishi kerak.
- Nomzod tanlangan sohasi bo’yicha 24 yoki 48 oydan ko’p bo’lmagan magistratura yoki Ph.D. dasturlarini tamomlagan bo’lishi kerak.
- Nomzod University of Lethbridge`ning MA, MSc, MN, MFA, MMus yoki PhD (thesis-based) dasturlari asosida o’qishga qabul qilingan bo’lishi kerak.
- Grant Math & Computer Science va Neuroscience yo’nalishlari talabalari uchun mo’ljallanmagan.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant dasturida ishtirok etish uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi. Buning uchun University of Lethbridge oliygohining yuqorida keltirilgan yo’nalishlari bo’yicha magistratura yoki Ph.D. kurslariga hujjat topshirish yetarli bo’ladi. Oliygohga hujjat topshirish muhlatlari tanlangan yo’nalishga qarab turlicha bo’ladi. Batafsil ma’lumot bu yerda.
Kerakli hujjatlar tarkibi (umumiy):
- On-layn ariza.
- Bakalavr diplomi (magistratura uchun).
- Magistrlik diplomi (Ph.D uchun).
- Baholar/diplom ilovasi.
- IELTS 6.0 va undan baland (har bir bo’limdan kamida 6.0).
- ACT/SAT test natijalari (ba’zi yo’nalishlar uchun).
- Nomzodning dasturga bo’lgan qiziqishini ifodalovchi hujjat (Letter of Intent).
- CV.
Universitetga hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil: bu yerda tanishing.
Grant haqidagi batafsil ma’lumotni universitetning rasmiy saytidan yoki savol-javoblardan olishingiz mumkin.
Murojaat uchun:
Tel: 403-329-2111
E-mail: sgsinquiries@uleth.ca.