Kanadada joylashgan University of Guelph 2020-o‘quv yili uchun Don Pinchin Scholarship in Honey Bee Research and Beneficial Insect Health dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar universitet tarkibidagi Ontario Agricultural College oʻqitiladigan OAC graduate program magistratura va PhD kurslariga o‘qishga qabul qilingan tadqiqotchilarga beriladi. Nomzodlar asalarilar haqida, pestisidlarning ekologiyaga ta’siri, zararkunanadalarga qarshi kompleks kurashish muammolari ustida ishlashi kutilmoqda.
Grant kimlar uchun?
Magistratura va PhD bosqichida tahsil olishni xohlaganlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Universitetda oʻqish haqi bir yil (3 semestr) ga taxminan 19 680,81 dan 21 751,44 CAD (taxminan 15000 dan 16 579 USD)gacha. Kontrakt toʻlovi tanlangan kursga qarab farq qilishi mumkin. Yanada aniq ma’lumotni kurs sahifasidan oling.
Grant yutib olgan nomzodlarga bir yil (3 semestr)ga 17 500 AUD (taxminan 13 333 USD) miqdoridagi stipendiya ajratiladi.
Grant nomzodning kontrakt pulini qoplamaydi.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo‘lishi mumkin.
- Nomzod universitet tarkibidagi Ontario Agricultural College oʻqitiladigan OAC graduate program magistratura va PhD kurslariga o‘qishga qabul qilingan bo‘lishi kerak.
- Nomzod kunduzgi tartibda o‘qishi kerak.
- Nomzod tegishli soha boʻyicha bakalavr/magistratura bosqichini yaxshi/a’lo baholar bilan tamomlagan bo‘lishi kerak. Oʻzbekistonliklar uchun diplom va baholarga qoʻyiladigan talablar: shu yerda.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. IELTS 6,5, har bir bo‘limdan kamida 6,0 ball talab qilinadi.
Barcha talablar: shu yerda va shu yerda batafsil yoritilgan.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant universitet tarkibidagi Ontario Agricultural College oʻqitiladigan OAC graduate program magistratura va PhD kurslarida oʻqish uchun beriladi. Oʻqishga hujjat topshirish uchun dedlayn sanalari turlicha, ayrim kurslar uchun esa muddat yoʻq, ya’ni yil davomida ariza berish mumkin, grantga esa dedlayn – 15 avgustgacha. Hozir 2020-yilning kuzida boshlanadigan kurslarga hujjat topshirish mumkin.
Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:
- Avval oʻqishga hujjat topshiring.
- Oʻqishga kirish qanday amalga oshirilishi va qabul talablari: shu yerda koʻrsatilgan.
- Hujjat topshirishdan avval Applying sahifasini va dedlayn muddatlarini diqqat bilan oʻqib chiqing.
- Hujjatlarinigiz universitet talablariga mosligini shu yerdagi Oʻzbekiston nomi bian berilgan ma’lumotlardan tekshirib oling.
- Shu yerdan kerakli kursni tanlang.
- Shu yerdagi ma’lumotlardan foydalanib, ariza topshiring.
- Hujjatlarni dedlayndan 9-12 oy avval topshirish lozim.
- Ilova qilinadigan hujjatlarni tizimga yuklang. Hujjatlarning texnik holari va hajmiga qoʻyiladighan talablar haqida shu yerda tanishing.
- Ariza topshirish uchun 110-150 CAD (taxminan 84 – 114,33 USD) badal toʻlash kerak.
- WebAdvisor tizimi orqali ariza holatini tekshirib boring.
- Grantga esa faqat research proposal topshiriladi.
Hujjatlar tarkibi (taxminiy):
- Toʻldirilgan ariza.
- Ingliz tili sertifikati. IELTS 6,5, har bir bo‘limdan kamida 6,0 ball boʻlishi kerak.
- Bakalavr/magistr diplomi. Tegishli soha boʻyicha magistr diplomi topshiriladi.
- Diplom ilovasi/baholar. Oʻzbekistonliklar uchun diplom va baholarga qoʻyiladigan talablar: shu yerda.
- Research proposal.
- 2 ta tavsiyanoma.
- CV/Rezyume.
- Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
- Toʻlov kvitansiyasi.
Barcha hujjatlar ingliz tilida bo‘lishi, ingliz tilida bo‘lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak. Shuningdek, tanlangan sohaga qarab qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin. Toʻliq ma’lumotlarni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan aniqlang.
Hujjat topshirish bilan bogʻliq savollar tugʻilganda gradonln@uoguelph.ca, gradapps@uoguelph.ca yoki gradapps@ouac.on.ca, stipendiaga oid savollarni esa grschol@uoguelph.ca manzili orqali aniqlang.
Nomzodlarni saralash ularning a’lo baholari, research proposalning tanlangan tadqiqotga mosligi, ilmiy salohiyati kabilarga koʻra amalga oshiriladi.
Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez fursatda xabar qilinadi.
Bogʻlanish uchun: gradonln@uoguelph.ca, gradapps@uoguelph.ca gradapps@ouac.on.ca, grschol@uoguelph.ca.
Ontario Agricultural College
University of Guelph
50 Stone Road East
Guelph, Ontario, Canada, N1G 2W1
519-824-4120