×

Kanada: Postdoktorlar uchun yillik 70,000 CAD grant; joy – 140 ta!


Grant

MUHLAT

18.09.2019

QOLGAN VAQT

31 kun

HUDUD

Kanada

O'QILGAN

1200 marta

Kanadaning Canadian Institutes of Health Research (CIHR) federal agentligi  Banting Postdoctoral Fellowships (PDF) program dasturiga arizalar qabulini eʼlon qildi. Grant postdoktor bosqichi tadqiqotchilariga ikki yil muddatga beriladi. Grant 140 nafar izlanuvchilarni ragʻbatlantirish uchun beriladi. Nomzodlar sog`liqni saqlash, tabiiy fanlar, muhandislik va ijtimoiy-gumanitar fanlar sohalarida tadqiqotlar olib boradilar.

Grantlar bo`lajak liderlar va o`z sohasi bo`yicha yetuk muraxassislarni tayyorlash maqsadida tashkil etilgan. Grantga nomzod bilimli, aʼlochi, ilmiy salohiyatli, tadqiqotchilikka qiziquvchi boʻlishi talab qilinadi. Nomzodlar quyidagi universitetlarda postdoktor sifatida o`qishlari kerak:

Grant kimlar uchun?

Postdoktorlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga ikki yilgacha har yili 70,000 Kanada dollari (taxminan 52,004 AQSH dollari) stipendiya beriladi. Stipendiya muddati uzaytirilmaydi.

Agar moliyaviy mablag` bo`lsa, stipendiyalar soni oshirlishi mumkin.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari bu grantga ariza bera oladi.
  2. Nomzod yuqorida ko`rsatilgan universitetlardan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  3. Nomzodning tegishli darajadagi bakalavr yoki magistr diplomi boʻlishi lozim.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Ingliz tilini qanday darajada yaxshi bilish kerakligi tanlangan universitet hamda yoʻnalish boʻyicha farq qiladi. Shuning uchun ingliz tili talablarini tanlangan universitet sahifasidan aniqlash kerak.
  5. Nomzod Kanada viza talablariga mos bo`lishi talab qilinadi.

Nomzodga qo`yiladigan talablar batafsil: shu yerda berilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant yuqorida ko`rsatilgan universitetlarning postdoktorlik kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi oʻzi tanlagan kursga ariza berishi kerak. Undan keyin esa grantga ariza topshiriladi. Grantga arizalar 2019-yil 18-sentabrgacha qabul qilinadi.

To`liq hujjat topshirish jarayoni quyidagicha:

  1. Apreldan sentabrgacha ro`yxatdagi universitetlarga hujjat topshiriladi va kelishiladi. Universitetlarning dedlayn muddatlari farq qilishi mumkinligi uchun bu bosqichga 4 oy berilgan.
  2. 2019-yil 18-senyabrda grantga ariza to`liq topshiriladi.
  3. Sentabrdan dekabrgacha arizalar ko`rib chiqiladi.
  4. 2020-yil fevralda nomzodlar elektron pochta orqali ogohlantiriladi. Buning uchun avval natijalar ResearchNetda e’lon qilinadi.
  5. 2020-yil apreldan oktabrgacha stipendiyalar egalariga tarqatiladi.

Hujjat topshirish bo`yicha yo`riqnoma va hujjatlar tarkibi:

  1. Avval talablarga moslikni tekshirish kerak.
  2. O`qishga hujjat topshirilayotgan mezbon universitet bilan bog`lanish zarur.
  3. Canadian Common CV (CCV) va ResearchNet accountsdan ro`yxatdan o`tish kerak.
  4. CCV (Vanier-Banting academic template) va ResearchNet application orqali ariza topshirishga link olinadi.
  5. ResearchNet applicationda ariza to`ldirish boshlanadi.
  6. Tadqiqot sohasi ko`rsatiladi.
  7. Ishtirokchilar soni ko`rsatiladi.
  8. Hakamlar aniqlanadi.
  9. Ma’lumotga egalik haqida axborotlar yoziladi.
  10. Proposal information va so`ralgan hujjatlar kiritiladi.
  11. Ariza yana bir bor tekshirib chiqiladi.
  12. Rozilik bildiriladi va ariza jo`natiladi.
  13. Barcha hujjatlar o`rnatilgan talablarga mosligini qayta tekshirib oling.

Hujjatlar shakllari va ularga qo`yiladigan talablar havolalarda ko`rsatilgan.

Tanlangan universitet, yoʻnalish va kursga qarab hujjatlar tarkibi va dedlaynni aniqlang. Bu ma’lumotlarni quyidagi universitetlar rasmiy sahifasidan topasiz:

Hujjatlar tarkibi va talablar haqida batafsil ma’lumotlar: shu yerda va shu yerda berilgan.

Nomzodlarni saralash quyidagilar asosida amalga oshiriladi:

  1. Nomzodning tadqiqot ishi va taqdim etilgan loyihasi.
  2. Proposed research program sifati.
  3. Nomzod va mezbon universitet o`rtasidagi hamkorlik hamda uyg`unlik, shuningdek, tadqiqotning oliygoh strategik manfaatlariga mosligi.

Natijalar nomzodlarga 2020-yil fevralda elektron pochta orqali jo`natiladi.

Bogʻlanish uchun: banting@cihr-irsc.gc.ca

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!