×

Oʻzbekiston – “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali: gʻoliblar elektromobillar, pul mukofotlari va boshqalar bilan taqdirlanadi


Grant

MUHLAT

30.03.2026

QOLGAN VAQT

27 kun

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

158 marta

Joriy yilning aprel oyi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Muhandislik oyligi” deb eʼlon qilindi. Bu oy — yangi g‘oyalar va innovatsion yechimlar ustida ish olib borayotgan iste’dodli yosh muhandislar uchun katta imkoniyatlarni taklif etadi.

“Muhandislik oyligi” doirasida 28-30 aprel kunlari Toshkent shahrida “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi. Festival yosh, tashabbuskor va ijodkor muhandislarni bir maydonga jamlab, ularni o‘z salohiyatini namoyon etishga chorlaydi.

Ushbu festival doirasida musobaqalar, seminarlar, koʻrgazmalar va boshqa tadbirlar oʻtkaziladi.

Festival doirasida quyidagi yo’nalishlarda turli xil musobaqa va tadbirlar tashkil etiladi:

Aviatsiya muhandisligi yo’nalishida:
1. Dron racing – FPV dronlar bilan yuqori tezlikda to’siqlar orasidan uchish musobaqasi.
2. Dron futbol – 360 daraja himoya qafasli dronlar bilan jamoaviy sport musobaqasi.
3. Dron loyihalash – masofadan boshqariladigan dron yordamida yonayotgan uy maketidagi yong’inini o’chirish musobaqasi.
4. Raketa modellashtirish – raketa modelini loyihalash, yasash va uchirish bo’yicha musobaqa.
5. Avia model – simli boshqaruvdagi avia modellar jangi – raqibning tasmasini kesib tashlash sharti bilan.
6. Tinywhoop – FPV mikro dronlarning to’siqlararo tezkor parvozi musobaqasi.

Agro texnologiyalar muhandisligi
1. Qishloq xo’jaligi innovatsion texnikalari musobaqasi  – raqamli monitoring, aniq purkash va avtonom boshqaruv yechimlarini ishlab chiqish va sinovdan o’tkazishga qaratilgan amaliy muhandislik musobaqasi.

Mashinasozlik muhandisligi
1. Yangi avlod avtomobili – eng kam elektro energiya sarflab, eng uzoq masofani bosib o’tuvchi energiya tejovchi avtomobillarni yaratish bo’yicha musobaqa.

Chip dizayn muhandisligi
1. Chip dizayni – digital, analog, mixed-signal, FPGA va SoC/IP Core yo’nalishlarida innovatsion chip dizaynini yaratish bo’yicha musobaqa.
2. Robo coders musobaqasi – robototexnika qurilmalarini dasturlash bo’yicha musobaqa.

Yashil energetika muhandisligi
1. Qayta tiklanuvchi energiya texnologiyalari bo’yicha tanlov – quyosh panellari, shamol generatorlari va gibrid yechimlar orqali energiya ishlab chiqaruvchi qurilmalar yaratish bo’yicha musobaqa.

Robototexnika muhandisligi
1. Robo war – eng kuchli, eng aqlli va eng chidamli robot konstruktorlari hamda operatorni aniqlashga qaratilgan musobaqa.
2. Robo futbol – robotlar bilan jamoaviy sport musobaqasi.
3. Robo sumo – avtonom robotlar kurashi –  eng kuchli, tezkor va aqlli robotni aniqlashga qaratilgan strategik musobaqa.
4. Line following – avtonom robotlarni chiziq bo’ylab harakatlantirish musobaqasi.
5. Robot sapyor – xavfli hududda shubhali obyektlarni aniqlash, simni uzish, ko’chirish va zarasizlantirish uchun mo’ljallangan masofadan boshqariladigan robotlar musobaqasi
6. Gumanoid robotlar musobaqasi – odam qiyofasidagi robotlarning mexanika, elektronika va dasturlash mahoratini sinovchi musobaqa.
7. Suv roboti – masofadan boshqariladigan suv osti robotlarini loyihalash va suv havzasida markerlarni yig’ish bo’yicha musobaqa.
8. First Global Decode – STEM ta’limini robototexnika musobaqasi bilan uyg’unlashtiruvchi dastur. Jamoalar ikki robotdan iborat alyans ko’rinishida bahs olib borishadi.
9. Robo Mission – avtonom robotlar jamoaviy tarzda missiya maydonidagi vazifalarni aniq va tez bajarish bo’yicha musobaqa.

Arxitektura muhandisligi
1. Qurilish muhandisligi – zilzilabardoshlik tanlovida seysmik zonada osmono‘par bino maketini yaratib, 9 ballik zilzila bilan sinovdan o’tkazishadi.
2. Eng yaxshi konstruksiya – muzqaymoq cho’pchalaridan tayyorlangan ko’prik modeli uchun maksimal yuk ko’tarish tanlovi.
3. 3D modellashtirish – AutoCAD dasturida chizmalarni takrorlash va 3D modellar yaratish bo’yicha musobaqa.
4. Urban challenge – mahalla master rejasi doirasida “qizil” toifadagi hududlarni kompleks rivojlantirish bo’yicha innovatsion shaharsozlik yechimlarini ishlab chiqish tanlovi.

Tibbiyot muhandisligi
1. AI Health Hackaton – sun’iy intellekt texnologiyalari asosida sog’liqni saqlash sohasida innovatsion yechimlar ishlab chiqish maqsadida o’tkaziladigan oliy ta’lim muassasalari o’rtasida o’tkaziladigan respublika hakatoni.

Grant kimlar uchun?

6 yoshdan 40 yoshgacha boʻlgan barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovlarda g’olib bo’lganlar eng zamonaviy elektromobillar, pul mukofotlari, qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanadi, shuningdek, gʻoliblarga yetakchi kompaniyalarda amaliyot o’tash imkoniyati beriladi.

Talablar:

Ushbu festivalda 6 yoshdan 40 yoshgacha boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Nomzodlar oʻziga mos yoʻnalishda oʻz ishlanmalari bilan qatnashishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Festival doirasidagi tadbirlarda ishtirok etish uchun 2026-yil 30-martgacha roʻyxatdan oʻtish kerak. Roʻyxatdan oʻtish uchun festivalning rasmiy saytiga kirib, “Roʻyxatdan oʻtish” tugmasini bosing va zaruriy maʼlumotlarni kiriting.

MUHIM: Roʻyxatdan oʻtishdan oldin rasmiy saytdagi maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!