Kimyo nano-muhandisligi (chemical nano-engineering) bo’yicha Erasmus Mundus qo’shma magistratura kursi – Master Erasmus Mundus Chemical Nano-Engineering uchun arizalar qabul qilinmoqda. Ingliz tilida tilida o’qitiladigan ushbu qo’shma magistratura kursiga qabul qilingan talabalar 2 yillik o’qish davomida Fransiya, Polsha va Italiya universitetlarida tahsil olish imkonini beradi. Magistratura dasturi davomida oʻtiladigan fanlar roʻyxatini BU YERDANn topasiz.
Mazkur grant miqdori talaba qaysi davlatdan ekaniga qarab farq qiladi. Grant ajratish quyidagi 2 kategoriya asosida amalga oshiriladi:
- Dastur davlatlaridan (program countries) boʻlgan fuqarolar uchun grant. Bunday davlatlarga Yevropa Ittifoqi tarkibidagi 27 ta davlat hamda Birlashgan Qirollik, Makedoniya, Islandiya, Lixtenshteyn, Norvegiya, Turkiya va Serbiya kiradi.
- Hamkor davlatlardan (partner countries) boʻlgan fuqarolar uchun grnt. Bunday davlatlarga yuqorida sanalgan davlatlardan boshqa barcha mamlakatlar, jumladan, Oʻzbekiston ham kiradi.
Grant kimlar uchun?
Magistratura kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Ushbu grantni yutib olgan Oʻzbekiston fuqarolari quyidagi iqtisodiy imtiyozga ega boʻladi:
- Kontrakt toʻliq qoplanadi.
- Safar xarajatlari uchun yiliga 3000 yevro beriladi.
- Oyiga 1000 yevro stipendiya beriladi.
- Dastur boshlanishida joylashib olish xarajatlari uchun bir marta 1000 yevro beriladi.
- Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
Talablar:
Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Nomzod kimyo, fizika, moddashunoslik (materials science), kimyoviy, elektr yoki mexanik muhandislik yoxud shunga yaqin sohalarda bakalavr darajasiga (diplomiga) ega bo’lishi kerak.
- Baholarining oʻrtachasi (GPA) 100% dan kamida 75% bo’lishi kerak.
- Oʻqish ingliz tilida bo’ladi. Qabul uchun kamida IELTS 6,5 yoki TOEFL IBT 91 sertifikati talab etiladi.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant uchun alohida ariza berilmaydi. Hujjatlaringiz grant uchun koʻrib chiqilishi uchun 2023-yil 19-fevralgacha magistratura kursiga hujjat topshiring. Arizalar bu yerda topshiriladi.
15-fevraldan keyin qabul qilingan arizalar faqat kontrakt asosida o’qish uchun ko’rib chiqiladi. Natijalar iyun oyida e’lon qilinadi.
Eslatma: hujjat topshirish bepul.
Kerakli hujjatlar:
- CV. CV Yevropa formatida boʻlishi kerak..
- Diplom(lar)ingizning rasmiy tasdiqlangan va ingliz tiliga tarjima qilingan skanerlangan nusxasi. Yodda tuting, grant yutgan talabalar oʻqish uchun Yevropaga kelishda diploimining aslini olib borishi kerak boʻladi.
- Bakalavriatda olingan baholarning ingliz tiliga tasdiqlangan tarjimasi.
- Motivatsiya xati.
- Kamida IELTS 6.5 yoki TOEFL IBT 91. Bakalavriatni toʻliq ingliz tilida oʻqigan nomzodlar til sertifikatini topshirish majburiyatidan ozod etiladi.
- Pasportning skanerlangan nusxasi va yashash joyingizni tasdiqlovchi hujjat (maʼlumotnoma).
- Rasm.
- 2 ta tavsiyanoma.
- Nano-muhandislik boʻyicha insho (maksimal 4 bet).
Savollaringiz bo’lsa, ko’p so’ralgan savollarga berilgan javoblar bilan tanishib chiqing. Savollar yuzasidan BU YERDAGI kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin.
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dasturning rasmiy saytidagi maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.
Erasmus Mundus toʻliq grantlaridan birini yutib olgan Oʻzbekistonlik talabaning motivatsiya inshosini BU YERDA oʻqing.