×

Klaus Toepfer Grantlar Dasturi


Grant

MUHLAT

30.05.2017

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

2237 marta

Dastur Maqsadi: Markaziy va Sharqiy Yevopa, Kavkaz va O`rta Osiyodan bilimga va rahbarlik qobiliyatiga ega, tabiatni asrab-avaylashni o`z oldiga maqsad qilgan o`sib kelayotgan bo`lajak – yoshlarni qo`llab-quvvatlash.

Klaus Toepferning Grantlar Dasturi Markaziy va Sharqiy Yevopa, Kavkaz va O`rta Osiyodagi  tabiatni himoya qiluvchi turli boshqarmalarni ularning yosh va o`z ishining ustasi bo`lgan bo`lajak rahbarlarining global bioxilma-xillikning yo`qolib borishiga qarshi kurashish uchun shaxsiy qobiliyatlarini oshirishni o`z oldiga maqsad qilib olgan. Dastur shaxsiy qobilyatni Xalqaro eng kuchli himoya amaliyotlari va ularning boshqaruv tizimi, menejment bilan shig`ullanish va shaxsiy tarmoqning mukammalashishi orqali rivojlantiradi.

Klaus Toepferning Grantlar Dasturining asosiy elementlari:

-Dastur tabiatni muhofaza qilishni maqsad qilgan ayni bir hududga tegishli bo`lgan davlat va nodavlat tashkilotlarini rivojlantirish uchun yaratilgan yagona qo`shimcha-malaka oshiruvchi boshqarmadir;

-Dastur bioxilma-xillikka katta e`tibor qaratadi;

-Professional mahoratni targ`ib qiladi;

-Amaliy, menejment va rahbarlik qobilyatlarga diqqat qaratadi;

-Iqtisodiy o`tish davrida bo`lgan Yevrosiyo hududidagi mamlakatlarning iqtisodiy, tarixiy va siyosiy aloqalarini hisobga oladi;

-Bioxilma-xillikni rivojlantirish uchun hududiy hamkorlikni shakllantiradi;

-Ingliz tilida yuqori interaktiv seminarlar, ekskursiyalar, turli xil vazifalarni, va onlayn darslarni taklif qiladi.

Dastur Germaniya Federal Agentligi Xalqaro Tabiatni Muhofaza qilish Boshqarmasi, Biologik xilma-xillik Konvensiyasining Kotibligi, MSB kotibligi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon tabiatini nazorat qilish jamg`armasi bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi.

Bu dastur uchun arizalar jo`natish hozirda ochiq va eng so`nggi muhlat 2017-yil, 30-may.

Ariza formasini SHU YERDAN yuklab olishingiz mumkin

Grant kimlar uchun?

Barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!