×

Klaus Töpfer Sustainability Fellowship: barqaror rivojlanish mutaxassislari uchun Germaniyada 1 yillik dastur


Grant

MUHLAT

12.04.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

1378 marta

The Institute for Advanced Sustainability Studies e.V. (IASS) – Germaniyaning Potsdam shahrida joylashgan tadqiqot muassasasi tomonidan tashkil etilgan Klaus Töpfer Sustainability Fellowship 2021/2022 dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Muassasada havo musaffoligi, iqlim o’zgarishi, barqaror rivojlanish boshqaruvi va boshqa sohalarda tadqiqotlar olib boriladi.

Klaus Töpfer Sustainability Fellowship dasturi fan, siyosat va jamiyatni birlashtirgan holda barqaror rivojlanishni qo’llab-quvvatlash niyatidagi tadqiqotchilarga mo’ljallangan. Ishtirokchilar barqaror rivojlanish masalalari boʻyicha kamida 10 yillik tajribaga ega bo’lishi, barqaror rivojlanishga qaratilgan sa’y-harakatlarga foydali hissa qo’sha olishi kerak.

Dastur 1 yilga mo’ljallangan bo’lib, ishtirokchilar dastur davomida Germaniyadagi IASS ofisida turli seminarlar o’tkazishi, muassasa faoliyatiga o’z hissasini qo’shishi, muassasada o’tkaziladigan mashg’ulotlarda qatnashishi, o’z sohasi, tajribasi va bilimiga oid yangi g’oyalar bilan bo’lishishi kerak bo’ladi. Umuman olganda, dastur ishtirokchilari 1 yilni IASS tadqiqot muassasasida o’tkazadi. IASS tadqiqot muassasasi haqida batafsil bu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Barqaror rivojlanish masalalari bo’yicha kamida 10 yil tajribaga ega mutaxassislar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilingan ishtirokchiga stipendiya beriladi. Yo’l, seminar tashkil qilish, nashrlar va shu kabilarga sarflanadigan xarajatlar ham qoplab berilishi mumkin.

Talablar:

  • Nomzod barqaror rivojlanish masalalariga qaratilgan faoliyat bilan kamida 10 yildan beri shug’ullanib kelayotgan tajribali mutaxassis bo’lishi kerak.
  • Nomzod media, siyosat, biznes, san’at va jamiyatning istalgan boshqa yo’nalishlari bo’yicha faoliyat olib borayotgan bo’lishi mumkin.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirishning oxirgi kuni – 12-aprel. Hujjat topshirish uchun kerakli hujjatlarni fellowship@iass-potsdam.de elektron manziliga e-mail orqali jo’natish kerak.

Kerakli hujjatlar:

  1. Motivatsiya inshosi. Inshoda nomzodning fan va jamiyatning boshqa yo’nalishidagi tajribasi haqida yozilishi kerak.
  2. 4 betdan oshmagan CV. CV’da nashrlar ro’yxatida 5 tagacha nashr ko’rsatilishi mumkin.
  3. IASS muassasasida olib borilishi rejalashtirilgan mashg’ulotlar haqida hujjat (10 betgacha).
  4. 1 ta tavsiyanoma.

Saralash natijalari yoz boshida e’lon qilinadi. Murojaat uchun: fellowship@iass-potsdam.de.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!