Xalqaro AIESEC tashkiloti va Kolumbiyaning Floridablanca shahrida joylashgan New Cambridge School 18 dan 30 yochgacha boʻlgan, ingliz tilini biladigan mutaxassislarni English Teacher at School Stajirovka dasturida qatnashishga taklif etadi. Dastur Columbiyaning Floridablanca shahrida joylashgan New Cambridge School maktabida ingliz tilidan dars berish imkonini beradi. Dastur 2019-yil 30-iyuldan 2020-yil 28-iyun oraligʻida 48 hafta davom etadi. Dasturda qatnashuvchi 5 nafar nomzod quyidagi vazifalarni bajaradi:
- Planning of teaching material
- Class planning
- Design and development of evolutionary material
- Realization of planned classes
- Qualification and feedback
- Preparation of academic reports
- Attention to parents
Grant kimlar uchun?
18 dan 30 yoshgacha ingliz tili oʻqituvchilari uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dasturda ishtirok etish inkoniyatiga ega boʻlgan nomzodlarga 48 hafta davomida bepul turar joy va oziq-ovqat ajratiladi hamda oylik 2070290 COP ( taxminan 645 USD) stipendiya beriladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
- Nomzod 18 dan 30 yoshgacha boʻlishi kerak.
- Nomzod Languages, Education sohalari boʻyicha kamida Associate Degree/Bachelor diplomiga ega boʻlishi zarur.
- Nomzod Language Teaching, Leadership, Microsoft Excel, Microsoft Powerpoint, Microsoft Word dasturlarida ishlash koʻnikmalariga ega boʻlishi shart.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Dasturda qatnashish uchun ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi koʻrsatilmagan, ammo taxminan CEFR B2-C1 boʻlishi talab qilinadi. Ispan tilini biladigan nomzodlarga koʻproq imkon beriladi.
- Nomzod viza talablariga javob berishi lozim. Viza soʻrovi uchun: shu yerga murojaat qiling.
Barcha talablar: shu yerda.
Dasturga qabul jarayoni:
- Dasturga hujjatlarni qabul qilish 2019-yil 25-avgustgacha.
- Hujjat topshirish uchun avval AIESEC saytidan account ochish kerak. Yodda tuting: accountni toʻliq toʻldirmasdan turib stajirovkaga ariza berib boʻlmaydi! Account chala toʻldirilgan holda stajirovkaga ariza berilganda tizim “Unfortunately, you do not meet the required criteria for this opportunity” (“Afsus, siz bu lavozim talablariga javob bera olmaysiz”) deb javob beradi. Shuning uchun accountni maksimal darajada toʻliq va toʻgʻri toʻldirishingi shart.
- Account ochish, toʻldirish va ariza berish yoʻriqnomasi: shu yerda. Ariza topshirishni boshlashdan avval ma’lumotni diqqat bilan oʻqib chiqing.
- Hujjat topshirishdan avval: barcha talablar bilan batafsil tanishib chiqing.
- Agar ma’lumotlaringiz talablarga javob bersa, ariza toʻldirish uchun “Apply now” yozuvini bosib, jarayonni boshlaysiz.
Ariza toʻldirayotganingizda quyidagi ma’lumotlar soʻraladi:
Bu grantning ariza sahifasida 5-6 bosqichli interfeys ochiladi:
- Shaxsiy ma’lumotlar. Skills (koʻnikmalar).
- Oʻqigan ta’lim muassasasi haqida ma’lumot.
- Tillarni qay darajada bilishi haqida ma’lumot.
- Experience. Ya’ni, qayerda, qancha vaqt ishlaganingiz haqida ma’lumot.
- Arizaning 5-bosqichida “Siz nima uchun bu lavozimga munosibman, deb oʻylaysiz?” mazmunida savol yoki 3-8 daqiqali test berilgan. Savolga javob bering yoki testni ishlang va “Apply”ni bosing.
Muhim:
- Ma’lumotlar toʻliq mos kelganda shunchaki koʻrsatilgan (skills, education, academic expirients va hokazo) ma’lumotlarni tasdiqlash va “Next”ni bosib keyingi bosqichga oʻtish lozim.
- Hujjatlarni elektron pochta orqali joʻnatmang!
- Nomzodlar bilan suhbat oʻtkazilishi mumkin.
- Dastur yuzasidan savollar tugʻilganda tashkilotchining rasmiy yordam sahifasidan yoki AIESECning Bukaramangadagi bucaramanga@aieseccolombia.org ofisidan ma’lumot olishingiz mumkin.
Nomzodlarni saralash ularning sohaga oid bilim, malaka va koʻnikmalari, kasbiy tajribasi, til bilish darajasi kabilarga koʻra amalga oshiriladi.
Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.
Murojaat uchun: onlayn chat; bucaramanga@aieseccolombia.org