×

Koreya: Bakalavriat va magistratura uchun to’liq grant, oylik stipendiya; borish-kelish xarjatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

31.03.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Janubiy Koreya

O'QILGAN

49853 marta

Koreya milliy san’at universiteti (Korea National University of Arts) 2025-yil bahorgi semestrdan boshlanuvchi bakalavriat va magistratura bosqichida o’qish uchun AMA+ grant dasturini e’lon qildi. Ushbu dastur maqsadi – san’atga qiziquvchi hamda iqtidorli yoshlarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Grant quyidagi sohalar bo’yicha beriladi:

  • School of Music;
  • School of Drama;
  • School of Film, TV and Multimedia;
  • School of Dance;
  • School of Visual Arts;
  • School of Korean Traditional Arts.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistraturada o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturni qo’lga kiritganlar quyidagi imkoniyatlar bilan ta’minlanadi:

  • Kontrakt puli to’liq qoplanadi.
  • O’qish boshlanganda Koreyaga borish va tugaganda Koreyadan vatanga qaytish uchun aviachiptalar ta’minlanadi.
  • Oyiga 800 ming Koreya voni (taxminan 600 AQSh dollari) miqdorida stipendiya bilan ta’minlanadi.
  • O’qish boshlanishidan oldin 6 oylik bepul koreys tilini o’rganish kursi tashkillashtiriladi (TOPIK 5 yoki 6 darajaga ega bo’lgan nomzodlar koreys tili kursidan ozod qilinadi).
  • Koreya milliy tibbiy sug’urtasi xarajatlari qoplanadi.
  • Joylashib olish uchun 200 000 von (taxminan 150 AQSH dollari) miqdorida bir martalik yordam puli beriladi.
  • 1 yil davomida har oy 100 000 v0n (taxminan 75 dollar) koreys tili malakasi mukofot puli beriladi.
  • Oxirgi semestrda bitiruv malakaviy ishi uchun 1 mln von (taxminan 750 dollar) mablagʻ beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi lozim:

  • Nozmod va uning ota-onasi grant ajratiladigan davlatlardan birining fuqarosi boʻlishi lozim (Bu roʻyxatda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Afgʻoniston ham bor).
  • Nomzod maktab (11-sinf), litsey/kollejni (bakalavriatga topshiruvchilar uchun) yoki universitetning bakalavriat bosqichini (magistraturaga topshiruvchilar uchun) bitirgan bo’lishi yoki Koreyadagi oʻqish boshlangunicha bitirishi kerak (bunday hollarda diplom/attestat 2025-yilning 28-fevraligacha Koreya milliy sanʼat universitetiga topshrilishi kerak boʻladi).
  • Xorijiy davlatga chiqishi taqiqlanmagan bo’lishi kerak.
  • Nomzod 2024-yilning sentabr oyi boshida Koreyaga kela olishi va til kursini boshlashi kerak (TOPIK 5 va 6 darajaga ega nomzodlar bundan mustasno).
  • Nomzod o’zi tanlagan yo’nalishning qabul shartlari, malaka darajasi va portfoliosiga ega bo’lishi kerak. Yo’nalishlar va talablar bilan tanishish SHU YERDAGI hujjatni yuklab oling va 15-betdan boshlab ko’rib chiqing.
  • Nomzod o’zi tanlagan yo’nalish bo’yicha til talablariga javob berishi kerak. Til talablari yo’nalishlarga qarab farq qiladi. Ba’zi yo’nalishlar faqat koreys tilida, ba’zilari esa ingliz va koreys tilida o’qitiladi. Til talablari bilan tanishish uchun SHU YERDAGI hujjatni yuklab oling va 15-betdagi Language requirement deb nomlangan ustunni ko’rib chiqing.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2024-yil 21-martdan 31-mart, soat 20:00 gacha (Oʻzbekiston vaqti bilan) onlayn tarzda qabul qilinadi. Onlayn ariza shaklida havola 2024-yil 21-mart kuni BU YERGA joylanadi.

Topshirilishi lozim bo’lgan hujjatlar:

  1. Belgilangan shakldagi ariza.
  2. Shaxsiy bayon (Personal statement).
  3. O’quv rejasi (Study Plan).
  4. Shaxsiy tibbiy ma’lumotnoma (Personal Medical Assessment).
  5. 3 ta tavsiyanoma. Agar tavsiyanoma biror vazirlikdan, hukumat tashkiloti boshlig’idan yoki oliy ta’lim muassasasi rektoridan olingan bo’lsa, nomzod uchun ancha yaxshi bo’ladi.
  6. Rozlik xati (Maʼlumotlar shaklini eʼlon qilinishiga rozilik).
  7. Diplom yoki attestat nusxasi apostil qilingan holda. Agar nomzod hali diplomini olmagan bo’lsa, 2024-yilning 28-fevraligacha o’qishni bitirib, diplomini qo’lga kiritishi haqidagi ma’lumotnomani topshirishi kerak bo’ladi. Bunday ma’lumotnoma universitet/kollej/litsey tomonidan beriladi. Shuningdek, nomzod grantni qo’lga kiritgan taqdirda, 2024-yilning 28-fevraligacha diplomning o’zini topshirishi kerak bo’ladi.
  8. Baholar ro’yxati.
  9. Nomzod va uning otaonasining pasport yoki milliy ID karta nusxasi. Hali pasporti yoʻqlar tugʻilganlik haqidagi guvohnoma nusxasini topshirsa boʻladi.
  10. Nomzod va uning ota-onasining qarindoshligini tasdiqlovchi rasmiy hujjat (tugʻilganlik haqida guvohnoma).
  11. Koreys tili uchun TOPIK sertifikati, ingliz tili uchun IELTS, TOEFL va shu kabi boshqa sertifikat.
  12. Portfolio (tayyorlangan ish namunalari, video, DVD disk va hk kiritiladi portfolioga; nimalar kiritilishi kerakligi har bir yoʻnalish boʻyicha yozilgan: BU YERDAGI hujjat, 15-betdan boshlanadi).
  13. Topshirilishi ixtiyoriy boʻlgan hujjatlar: ish tajribasi, yutuq va mukofotlarni tasdiqlovchi sertifikat/hujjatlar.

Hujjatlarning barchasi ingliz yoki koreys tilida va notarial tasdiqlangan bo’lishi lozim. Hujjatlar va ularning tavsifi bilan BU YERDA batafsil tanishing (8-bet).

Ariza va boshqa hujjatlar shakllarini Word formatda SHU YERDAN yuklab oling. Hujjatlar toʻldirilgach, printerndan chiqariladi va imzolanadi.

Ariza topshirish bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtganlar onlayn tarzda koreys tili testini topshiradi (2024-yil may oyida).

Savollar yuzasidan ama@karts.ac.kr elektron maziliga murojaat qilishingiz mumkin. Grant yuzasidan ushbu elektron manzilga savol/xabar yuborganingizda email nomini AMA 2025 deb nomlashni unutmang.

Grantni qoʻlga kiritganlar 2024-yil 28-iyunda eʼlon qilinadi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishda avval ariza topshirish yoʻriqnomasi bilan batafsil tanishib chiqing.

Telefon: +82-(0)2-746-9076

Ish vaqti dushanbadan jumagacha soat 9:00-17:00 hisoblanadi (Koreya vaqti bilan) va shu kunlari email va telefonlarga javob beriladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!