×

Koreya: Tadqiqot uchun to’liq grant va 2800 AQSh dollarlik oylik stipendiya


Grant

MUHLAT

23.02.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Janubiy Koreya

O'QILGAN

4224 marta

Korea Foundation for Advanced Studies notijorat tashkiloti “International Scholar Exchange Fellowship 2018-2019” tadqiqot dasturini e’lon qiladi. Ushbu dastur maqsadi – olimlarni taqdqiqot olib borishini iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash hamda ilm-fan sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hisoblanadi.

Grant kimlar uchun?

Doktorlik darajasiga ega va o’z sohasida tadqiqot olib bormoqchi bo’lganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dasturni qo’lga kiritgan tadqiqotchi quyidagi iqtisodiy ikoniyatlar bilan ta’minlanadi:

  1. Tadqiqot stipendiyasi – har oy 3 million Koreya voni (taxminan 2771 AQSh dollari) miqdorida.
  2. Koreyaga borganda dastlab joylashib olish uchun bir martalik to’lov – 1 million Koreya voni (taxminan 918 AQSh dollari) miqdorida.
  3. Yozib tugatilgan tadqiqot ishi uchun bir martalik to’lov – 1 million Koreya voni (taxminan 918 AQSH dollari) miqdorida (ushbu to’lov ish yozib bo’lingach, dastur oxirida beriladi).
  4. Turli jurnallarda maqola chop etisu uchun 1000-5000 Koreya voni miqdorida.
  5. Koreyaga borish va qaytish xarajatlari qoplanadi.
  6. Tibbiy sug’urta xarajatlari qoplab beriladi.

Talablar:

  • Nomzod doktorlik darajasiga ega va biror universitetda ishlayotgan yoki tadqiqotchi sifatida faoliyat yuritayotgan bo’lishi lozim.
  • Nomzod 2018-yilning 23-fevralida 50 yoshdan oshmagan bo’lishi lozim.
  • Nomzod tibbiy jihatdan sog’lom bo’lishi lozim.
  • Nomzod tadqiqotni ingliz tilida olib bora oladigan darajada ingliz tilini bilishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

  1. KFAS a’zosi sifatida ro’yxatdan o’ting va o’z akkauntingizga kiring (www.kfas.or.kr sayti orqali ro’yxatdan o’tish mumkin).
  2. Onlayn arizani to’ldiring (so’ralgan ma’lumotlarni to’ldiring, tadqiqot rejasi (research proposal) yozing, so’ralgan hujjatlarni yuklang).
  3. So’ralgan qo’shicha hujjatlarni topshiring:
    – 2 ta tavsiyanoma;
    – 2 ta eng yaxshi deb bilgan Ilmiy ishingiz nusxasi va ularning ingliz tilidagi abstrakti (kitob, monografiya va hk);
    – Ish joyidan ishlayotgani haqida ma’lumotnoma;
    – Tadqiqotga qabul qilinganlik xati (research affiliation). Ushbu xat siz tanlagan universitetdan olinadi va bu uchun Koreya universitetlari bilan o’zingiz bog’lanishingiz kerak.
  4. “My Page” bo’limidan ariza topshirganingizni tasdiqan.

Grant e'lon qilgan tashkilot:

Foundation for Advanced Studies

Rasmiy bog'lanish ma'lumotlari:

http://www.kfas.or.kr/ARC/News//News0102.aspx?msgID=2994&arc=num

Tadqiqot quyidagi sohalarda amalga oshirilishi mumkin:

  • Humanities and Social Sciences: Economics, Business Administration, Political Sciences, Public Administration, Law, Sociology, Education, Psychology, Anthropology, Media, Geography, History, Philosophy, Literature.
  • Energy: Petrochemical Engineering.
  • Information and Communications: Electrical Engineering, Telecommunications, Computer Engineering.
  • Life Science: Biochemistry, Biotechnology, Ecology, Immunology, Genetic Engineering etc.

Dastur 6 oy yoki 1 yil davom etishi mumkin. 6 oylik tadqiqot 2018-yilning 1-sentabridan 2019-yilning 28-fevraligacha yoki 2019-yilning 1-martidan 2019-yilning 31-avgustigacha davom etadi. Bir yillik tadqiqot esa 2018-yilning 1-sentabridan 2019-yilning 31-avgustigacha davom etadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!