×

Koreya: Tadqiqotchilar uchun toʻliq grant; barcha xarajatlar qoplanadi; oylik stipendiya – 2 522 AQSh dollari!


Grant

MUHLAT

15.02.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Janubiy Koreya

O'QILGAN

5302 marta

Janubiy Koreyaning Korea Foundation for Advanced Studies notijorat tashkiloti navbatdagi International Scholar Exchange Fellowship tadqiqot dasturini e’lon qiladi. Ushbu dastur maqsadi – Kambodja, Xitoy, Indoneziya, Qozogʻiston, Laos, Malayziya, Moʻgʻuliston, Myanma, Tailand, Oʻzbekiston va Vetnam fuqarolari boʻlgan olimlarning taqdqiqot olib borishini iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash hamda ilm-fan sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hisoblanadi.

Tadqiqot quyidagi sohalarda amalga oshirilishi mumkin:

  • Humanities and Social Sciences: Economics, Business Administration, Political Sciences, Public Administration, Law, Sociology, Education, Psychology, Anthropology, Media, Geography, History, Philosophy, Literature.
  • Energy: Petrochemical Engineering.
  • Information and Communications: Electrical Engineering, Telecommunications, Computer Engineering.
  • Life Science: Biochemistry, Biotechnology, Ecology, Immunology, Genetic Engineering etc.

Dastur 6 oy yoki 1 yil davom etishi mumkin. 6 oylik tadqiqot 2021-yilning 1-martidan 2022-yilning 31-avgustigacha davom etadi. Bir yillik tadqiqot esa 2022-yilning 1-sentabridan 2022-yilning 31-avgustigacha davom etadi.

Grant kimlar uchun?

Tadqiqotchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dasturni qoʻlga kiritgan tadqiqotchi quyidagi iqtisodiy ikoniyatlar bilan ta’minlanadi:

  1. Tadqiqot stipendiyasi – har oy 3 million Koreya voni (taxminan 2 522 USD) miqdorida.
  2. Koreyaga borganda dastlab joylashib olish uchun bir martalik toʻlov – 1 million Koreya voni (taxminan 840 USD) miqdorida.
  3. Yozib tugatilgan tadqiqot ishi uchun bir martalik toʻlov – 1 million Koreya voni (taxminan 840 USD) miqdorida (ushbu toʻlov ish yozib boʻlingach, dastur oxirida beriladi).
  4. Turli jurnallarda maqola chop etish uchun 1 000 – 5 000 USD miqdorida mablagʻ beriladi.
  5. Koreyaga borish va qaytish xarajatlari qoplanadi.
  6. Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplab beriladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Kambodja, Xitoy, Indoneziya, Qozogʻiston, Laos, Malayziya, Moʻgʻuliston, Myanma, Tailand, Oʻzbekiston va Vetnam fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod doktorlik darajasiga ega va biror universitetda ishlayotgan yoki tadqiqotchi sifatida faoliyat yuritayotgan boʻlishi lozim.
  3. Nomzod 2021-yilning 15-fevralida 50 yoshdan oshmagan boʻlishi lozim.
  4. Nomzod tibbiy jihatdan sogʻlom boʻlishi lozim.
  5. Nomzod tadqiqotni ingliz tilida olib bora oladigan darajada ingliz tilini bilishi lozim.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi. Ariza berish uchun dedlayn – 2021-yil 15-fevral.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. KFAS a’zosi sifatida roʻyxatdan oʻting va oʻz akkauntingizga kiring (kfas.or.kr sayti orqali roʻyxatdan oʻtish mumkin).
  2. Onlayn arizani toʻldiring (soʻralgan ma’lumotlarni toʻldiring, tadqiqot rejasi (research proposal) yozing, soʻralgan hujjatlarni yuklang).
  3. Soʻralgan qoʻshicha hujjatlarni topshiring:

– 2 ta tavsiyanoma.

– 2 ta eng yaxshi deb bilgan Ilmiy ishingiz nusxasi va ularning ingliz tilidagi abstrakti (kitob, monografiya va hk).

– Ish joyidan ishlayotgani haqida ma’lumotnoma.

– Tadqiqotga qabul qilinganlik xati (research affiliation). Ushbu xat siz tanlagan universitetdan olinadi va bu uchun Koreya universitetlari bilan oʻzingiz bogʻlanishingiz kerak.

  1. “My Page” boʻlimidan ariza topshirganingizni tasdiqang.

Ma’lumot uchun:  isef@kfas.or.kr manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!