Polshada joylashgan Kozminski University oliygohi tomonidan taqdim etiladigan Scholarship for the Best Candidates grantlariga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grantlar Kozminski universiteti magistratura kurslariga o’qishga qabul qilingan talabalarga beriladi. Magistratura kurslari ro’yxati
Grant kimlar uchun?
Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan nomzodga bir yilga 7 500 PLN (taxminan 1 933 AQSh dollari) grant 10 oy davomida stipendiya tarzida to’lab beriladi (oyiga 750 PLN). O’qish to’lovi magistratura kurslari sahifasida har bir kurs uchun alohida ko’rsatilgan.
Talablar:
- Nomzod Kozminski universiteti magistratura kursiga o’qishga hujjat topshirishi kerak.
- Nomzod bakalavr darajasiga ega bo’lishi kerak.
- Nomzodning baholari qanchalik yuqori bo’lsa, shuncha yaxshi bo’ladi.
- Nomzod qabul imtihoni va baholari hisoblanganda 100 balldan kamida 80 ball to’plashi kerak
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Qabul jarayonida nomzod bakalavr kursida olgan baholari va kirish imtihoni baholari birgalikda hisoblanadi. Baholar va imtihon natijalari 50 balldan jami 100 ballik tizimda hisoblanadi. Shundan umumiy 60 ball to’plagan nomzodlar magistraturaga qabul qilinadi. 80 ball yoki undan yuqori ball olganlar esa grantga tavsiya qilinadi.
Qabul uchun test nomzod hujjat topshirgan magistratura kursi yo’nalishiga oid fanlardan bo’ladi. Savollar nomzodning sohaga oid umumiy bilim darajasini tekshiradi. Bu yerdagi kurslarning barchasida shu kursga qabul uchun qanday imtihon bo’lishi yozilgan.
Arizalarni onlayn tarzda bu yerda topshirishingiz mumkin. Hujjat topshirish muhlatlari magistratura kursi yo’nalishidan kelib chiqib turlicha bo’lishi mumkin, lekin 2021-yil yoz oylarigacha hujjat topshirishingiz mumkin. Kontrakt to’lovi, imtihon, qabul va talablarning barchasini kerakli magistratura kursi sahifasida bilib oling.
Kerakli hujjatlar:
- Ariza;
- Diplom va baholar rasmiy tarjimalari bilan;
- Til sertifikati;
- Pasport nusxasi;
- CV;
- Fotosurat.
Qabul uchun kerakli hujjatlar magistratura kursiga qarab bir-biridan farq qilishi mumkin.
Murojaat uchun admission@kozminski.edu.pl elektron manziliga xabar yuboring.