×

Lancaster University: PhD bosqichi uchun to’liq grant va yillik 15 000 funt-sterling stipendiya!


Grant

MUHLAT

01.03.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1942 marta

Lancaster University Angliyaning Lankaster shahrida joylashgan. Universitet 2019-2020-oʻquv yilining sentyabr oyidan boshlanadigan PhD bosqichlari uchun Lancaster University Fully funded research scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant doktorantura kurslari talabalari uchun uch yilga beriladi.

Lancaster University Fully funded research scholarships dasturigaga ariza topshirayotgan nomzod Faculty of Arts and Social Sciencesning quyidagi yoʻnalishlardan birini tanlashi kerak:

  • The Cold War in Global Perspectives
  • Family Justice
  • Phonetics

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida o'qishni xohlovchiar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga:

  1. Uch yil davomida oʻqish haqi toʻliq qoplanadi.
  2. Yashash va turar joy xarajatlari uchun har yilga 15 000 funt-sterling stipendiya

Talablar:

Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Barcha davlatlar vakillari ariza topshirishi mumkin.
  2. Original yondashuvga salohiyati yetadigan boʻlishi kerak.
  3. Tadqiqotni aniq va qisqa yozib berishi kerak.
  4. Sohaga tegishli adabiyotlarni bilishi kerak.
  5. Doktorantga mos holda tadqiqot metodologiyasini tushunishi zarur.
  6. Tadqiqot loyihasini taqdim etishi kerak.
  7. Yuqori akademik bahoga ega boʻlishi lozim.
  8. Ingliz tilini yaxshi bilish zarur.
  9. Bakalavr va/yoki magistr darajasiga ega boʻlishi kerak.

Nomzodlarni saralash ularning tadqiqot muammosiga original yondashuvi, akademik yutuqlari, tajribasi va ilmiy salohiyatiga koʻra amalga oshiriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2019-yil 1-martgacha qabul qilinadi. Dastlab yuqorida koʻrsatilgan mutaxassisliklardan biriga onlayn tarzda ariza berish kerak. Buni quyidagicha amalga oshirasiz:

  1. My Applications onlayn-tizimiga kirasiz.
  2. Create an accountni bosib roʻyxatdan oʻtasiz.
  3. Roʻyxatdan oʻtib boʻlib, akkauntingizga kirasiz va “Create a new application”ni bosib, ariza toʻldirasiz.
  4. Keyin Faculty Scholarship Application Form 2019 (grantga ariza)ni ham toʻldirib, quyidagi 3 ta mutaxassislikdan tanlaganingizga joʻnatasiz:

Oʻqishga qabul va grant uchun taxminiy hujjatlar tarkibi:

  1. Ariza.
  2. Magistr va/yoki bakalavr diplomi, diplom ilovasi nusxalari.
  3. Pasport nusxasi (zarur boʻlganda viza).
  4. Ingliz tili sertifikati (IELTS 6.5-7.0 yoki undan yuqori).
  5. Rezyume.
  6. Tadqiqot loyihasi/rejasi.
  7. Esse (insho).

*Rasmiy hujjatlar ingliz tiliga tarjima qilingan holda, notarial tasdiqlatib topshiriladi.

Nomzodlar 2019-yil 23-apreldan 3-maygacha suhbatga chaqiriladi. Natijalar suhbatdan keyin eʼlon qilinadi.

Murojaat uchun:

Manzil: Faculty of Arts and Social Sciences
FASS Building
Lancaster University
Lancaster
United Kingdom
LA1 4YD

Telefon: +44 (0)1524 510851

Elektron pochta: fass@lancaster.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!