×

Latvian State Scholarships: Latviyada barcha bosqichlarda oʻqish uchun oyiga 700 yevrogacha stipendiya!


Grant

MUHLAT

01.04.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Latviya

O'QILGAN

17214 marta

Latviya davlatining chet ellik talabalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan Latviya davlat stipendiyalari (Latvian State Scholarships) dasturiga navbatdagi qabul davom etmoqda. Stipendiyalar Latviya oliy ta’lim muassalaridagi bakalavriat, magistratura va doktorantura kurslariga oʻqishga qabul qilingan/qilinadigan chet ellik talabalarga taqdim etiladi.

Latviya universitetlarida oʻqish jarayoni asosan latv tilida olib boriladi, biroq ingliz tilida ham oʻqitiladigan dasturlar (yoʻnalishlar) mavjud.

Latviyada mavjud oliy ta’lim muassalari, ularga qabul jarayoni va boshqa ma’lumotlar bilan batafsil shu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat, magistratura va doktoranturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Mazkur dastur gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:

  1. Bakalavriat talabalariga oyiga 500 yevro stipendiya beriladi.
  2. Magistratura talabalariga oyida 600 yevro stipendiya beriladi.
  3. PhD (doktorantura) talabalariga – oyiga 700 yevro stipendiya beriladi.
  4. Baʼzi universitetlar stipendiya sohiblarini turar joy bilan ham taʼminlashi mumkin (yotoqxonadan).

Stipendiya talabalarga 1 oʻquv yili (bakalavriat va magistratura uchun 10 oy, doktorantura uchun 11 oy) davomida beriladi. Keyingi yil ham stipendiya olish maqsadidagi talabalar stipendiya dasturiga qayta hujjat topshirishlari kerak boʻladi, lekin bir shaxsga ketma-ket 2 yildan koʻp stipendiya berilmaydi. Latviya tarixi, adabiyoti, filologiyasi, madaniyati boʻyicha magistratura kurs talabalariga stiepndiya avtomatik tarzda 2 yil uchun belgilanishi mumkin.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod Latviya bilan ta’lim boʻyicha hamkorlik aloqalariga ega davlatlarning fuqarolariga beriladi (bu davlat ichida Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston ham bor).
  • Bakalavriat stipendiyalariga ariza topshira olish uchun nomzod oʻz davlati yoki Latviyadagi universitetda kamida bakalavriatning 1-kursini tamomlagan boʻlishi kerak. Magistratura va PhD bosqichi uchun bunday talab mavjud emas (Latviya universitetlaridagi magisratura yoki PhD bosqichiga endi qabul qilingan/qilinadigan talabalar ham ariza topshira oladi).
  • Nomzod ingliz yoki latv tilini yaxshi bilishi kerak. Latviya universitetlarida ta’lim tili asosan latv tili hisoblanadi, ingliz tilidagi kurslar nisbatan kam.
  • Talaba Latviya hududida 15 kalendar kundan kam vaqt boʻlsa, stipendiya berilmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

Ushbu dasturga arizalar 2024-yil 1-aprelgacha qabul qilinadi. Arizalarni topshirish uchun maxsus platformada roʻyxatdan oʻtish va hisob (account) yaratish loizm.

Kerakli hujjatlar:

  1. Nomzod tanlagan Latvia oliy taʼlim muassasasi vakilidan tasdiqlov xati. Bu xatda nomzod shu universitetda oʻqish imkoniyatiga ega ekani va u tanlagan kurs qaysi tilda oʻqitilishi haqida ma’lumot boʻladi. Bu xatni olish uchun dastlab BU YERDAGI roʻyxatda Latviya universitetlarini koʻrib chiqing va internetdan ushbu universitetlar haqida maʼlumot oling. Biror universitet va dasturni tanlaganingizdan keyin, ROʻYXATDA koʻrsatilgan universitet vakiliga email yozasiz (emailda Latviya davlat stipendiyasiga topshirmoqchi ekaningiz va shu universitetni tanlamoqchi ekaningiz, universitetdan xat kerakligi, bu xatni olish uchun nimalar talab etilishini soʻrab yozasiz).
  2. CV. CV Europass formatida tayyorlanishi kerak.
  3. Motivatsiya xati.
  4. Eng oxirgi tamomlangan ilmiy daraja (bakalavriat, magistratura yoki PhD) diplomi va baholar (ilova) nusxalari. Agar talaba hali oʻqishni tamomlamagan boʻlsa soʻnggi, ikki semestrda olingan baholar joʻnatiladi.
  5. Ikkita tavsiyanoma. Bu universitetingizdagi oʻqituvchilaringizdan olinishi kerak.
  6. Oʻquv rejasi (study plan). Oʻquv rejasi uchun maxsus shakl berilgan, shu shakl yuklab olinib, toʻldiriladi. Shaklni BU YERDAN yuklab oling.
  7. Til sertifikati.
  8. Passport yoki ID nusxasi.

Ingliz yoki latv tilida boʻlmagan hujjatlar rasmiy tarjimasi bilan topshirilishi kerak. Barcha nomzodlar 2024-yil iyun oyida maxsus platformadagi hisobi orqali natijalar haqida xabardor qilinadi (maxsus platformada roʻyxatdan oʻtganda login va parolni saqlab qoʻying).

Saralash mezonlari haqida ma’lumotlar bilan bu yerda tanishing.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Ushbu dastur boʻyicha savollar yuzasidan masʼul xodim – Marika Pīraʼga marika.pira@viaa.gov.lv elektron manzili yoki +371 67814331 raqami orqali murojaat qilinshingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!